431
tirish. Bu hisob-kitob schotidagi mablag‘lar qoldig‘ini kamaytirish va
bank kreditlarini qisqartirishga olib keladi;
■ zamonaviy hisob-kitob usullarini qo‘llash orqali yo‘ldagi pul
mablag‘lari hajmini qisqartirish;
■ debitorlik qarzlarini ixtisoslashgan faktoring kompaniyalariga
yoki korxona xaridorlaridan qarzlarni qaytarib olish bilan shug‘ulla-
nuvchi banklarga sotish;
■ selektivlik – ya’ni ma’lum tovarlar guruhi va turlari kreditga
sotilmay, balki faqatgina o‘z vaqtida pul o‘tkazish yo‘li bilan sotiladigan
oraliqlarni aniqlash. Bunday vaziyat ma’lum tovarlarga bo‘lgan
talabning juda ham ortib ketadigan davrlarda vujudga keladi.
Rivojlangan mamlakatlarda tovarlarni «2/10 to‘liq 30» sxemasida
sotishga debitorlik qarzlarini kamaytirish yo‘llaridan biri sifatida
qaraladi. U quyidagi tartibda ishlaydi:
► agar xaridor mahsulotni olgan kunidan boshlab 10 kun ichida
mahsulot qiymatini to‘lab bersa, unga mahsulot bahosining 2 %
miqdorida chegirma beriladi;
► agar xaridor mahsulot qiymatini 11 kun bilan 30 kun oralig‘ida
to‘lasa, mahsulot qiymatining 100 %ini to‘laydi;
► agar xaridor mahsulot qiymatini bir oy davomida to‘lamasa
to‘lov vaqtiga qarab jarimaga tortiladi.
1
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirishni bitta dastur asosida
va uni nazorat qilish asosida uddalab bo‘lmaydi. Buning uchun bevosita
keng qamrovli dastur ishlab chiqish lozim.