428
1
2
3
4
4. Kreditorlik qarzlarining muddati o‘tgani,
ming so‘m
19856
12875
-6981
5. Kreditorlik qarzlarining aylanish
koeffitsiyenti, (2/1)
3,726
16,999
+13,273
6. Kreditorlik qarzlarining aylanish davri, kun
hisobida (1*360/2)
97
21
-76
7. Majburiyatlar tarkibida
kreditorlik qarzlari
ulushi, %da (1/3*100)
96,67
78,18
-18,49
8. Muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarining jami
kreditorlik qarzlari tarkibidagi salmog‘i, % da
(4/1*100)
7,96
10,09
+2,13
Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida biz tahlil qilayotgan xo‘jalik
subyektida kreditorlik qarzlarining aylanishiga baho berishimiz mumkin
bo‘ladi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki,
korxonada kreditorlik
qarzlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 121904 ming so‘mga
qisqargan. Bunga aksincha, sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab
chiqarish tannarxi esa joriy yilda 1238714 ming so‘mga o‘sgan.
Bularning natijasida korxonada kreditorlik qarzlarining aylanish
koeffitsiyenti o‘tgan yilgi 3,726 koeffitsiyentdan hisobot yiliga kelib
16,999 koeffitsiyentgacha ko‘tarilgan. Ya’ni
kreditorlik qarzlarining
aylanuvchanligi bir necha marotabaga tezlashgan. Bunday natijalarni
korxona uchun ijobiy baholash lozim. Bundan tashqari kreditorlik
qarzlarining aylanish davri o‘tgan yilgi 97
kundan hisobot yiliga kelib
21 kungacha qisqargan.
Majburiyatlar tarkibida kreditorlik qarzlarining salmog‘i ham joriy
yilda 18,49 %ga kamayganligini ijobiy baholasak bo‘ladi. Ammo
muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarining salmog‘i joriy yilda 2,13 %ga
ortganligini salbiy baholash lozim bo‘ladi. Chunki bunday holat
korxonaning iqtisodiy jarimalar to‘lashiga
olib keladi va moliyaviy
holatiga salbiy ta’sir etadi. Kreditorlik qarzlarining aylanishiga bir qator
omillar ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, ushbu ta’sir etuvchi omillarni quyidagi
jadvalda ko‘rib chiqishimiz mumkin.
Quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, korxonada kreditorlik
qarzlarining aylanish koeffitsiyenti o‘tgan yilga nisbatan joriy yilda
13,273 koeffitsiyentga oshgan. Bu o‘zgarishda
sotilgan mahsulot
tannarxi o‘zgarishining ta’siri +4,966 koeffitsiyentga, kreditorlik qarzlari
summasining o‘zgarishi esa +8,307 koeffitsiyentga teng bo‘lgan.