• 1. Asosiy vositalarning korxonaning ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga qarab
  • 3. Asosiy vositalarning foydalanish jarayonidagi qatnashuviga qarab
  • 5. Mulkiy egaligiga qarab
  • Foydalanilishiga ko‘ra asosiy vositalarning turkumlanishi.
  • tahlili, ularning aktiv va passiv qismlari nisbati




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet325/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    tahlili, ularning aktiv va passiv qismlari nisbati 
    Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida har bir vositani 
    ma’lum bir xususiyatlari bo‘yicha tasniflash va tarkibiy joylashtirib 
    chiqish mumkin bo‘ladi. Xususan, korxonalarning asosiy vositalarini 
    ham ma’lum bir xususiyatlari bo‘yicha tasniflab va ularni tahlil qilib 
    chiqish maqsadga muvofiq sanaladi. Bugungi kunda asosiy vositalarni 
    quyidagi xususiyatlari bo‘yicha tasniflashimiz mumkin: 
    1. Asosiy vositalarning korxonaning ishlab chiqarish jarayonida 
    qatnashuviga qarab:
    - aktiv asosiy vositalar; 
    - passiv asosiy vositalar. 
    2. Asosiy vositalarni ma’lum tarmoqlarga bo‘ysunuviga qarab: 
    - sanoat ishlab chiqarish asosiy vositalari; 
    - boshqa tarmoq asosiy vositalari; 
    - noishlab chiqarish asosiy vositalari. 
    3. Asosiy vositalarning foydalanish jarayonidagi qatnashuviga 
    qarab:
    - foydalanishdagi asosiy vositalar; 
    - foydalanishdan olib qo‘yilgan (konservatsiya qilingan) asosiy 
    fondlar. 
    4. Asosiy vositalarning turlarga ajratilishi bo‘yicha: 
    - yer; 
    - binolar; 
    - inshootlar; 
    - uzatish moslamalari; 
    - hisoblash texnikasi va kompyuterlar; 
    - mashina va uskunalar; 


    442
    - transport vositalari; 
    - asbob-uskunalar; 
    - xo‘jalik jihozlari; 
    - ishlab chiqarish inventarlari; 
    - ishchi va mahsuldor hayvonlar; 
    - ko‘p yillik ekinlar va boshqa asosiy vositalar. 
    5. Mulkiy egaligiga qarab: 
    - o‘ziga tegishli asosiy vositalar; 
    - ijaraga olingan asosiy vositalar. 
    Bundan tashqari asosiy vositalarning yana boshqa bir xususiyatlari 
    bo‘yicha ham tasniflash mumkin.
    Hozirgi sharoitda korxonalarda asosiy vositalarning barcha turlarini 
    kerakli nisbatda va tarkibda bo‘lishini ta’minlash maqsadga muvofiq. 
    Ya’ni sanoat ishlab chiqarishi, yordamchi tarmoqlar yoki ijtimoiy-
    maishiy sohalarda bo‘lmasin, barcha asosiy vositalar kerakli xizmatni 
    bajaradi. 
    Tahlil asosiy vositalarning tarkibi, tuzilishi va dinamikasini o‘rga-
    nishdan boshlanadi. Yil davomida asosiy vositalar tarkibida o‘zgarishlar 
    ro‘y beradi. Shu bois ular tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlarni atrof-
    licha tahlil etish lozim. 
    Asosiy vositalar har bir turining jami asosiy vositalarda tutgan 
    ulushi uning strukturasini ifodalaydi. Struktura ishlab chiqarishning 
    xususiyati, xarakteri, ixtisoslashuv darajasi, texnologiyasiga bog‘liq. 
    Strukturani tahlil etishda asosiy vositalarni aktiv va passiv qismlari 
    nisbatiga e’tibor qaratiladi. Ishlab chiqarish hajmi asosiy vositalarning 
    aktiv qismiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ularning passiv qismi esa, faqat 
    ishlab chiqarish uchun sharoit yaratadi xolos. 
    Iqtisodiyotga oid adabiyotlarda asosiy vositalarning aktiv qismi 
    to‘g‘risida aniq bir to‘xtamga kelinmagan. Bir guruh iqtisodchilar bino 
    va inshootlardan tashqari jami asosiy vositalarni, ikkinchi guruhdagilar 
    mashina va uskunalar, transport vositalarini aktiv qismga kiritadilar. 
    Bino va inshootlar asosiy vositalarning passiv qismiga kirsa ham, ammo 
    elektr quvvati, neftni qayta ishlash, gaz va boshqa sohalarda inshootlar 
    aktiv qism tarkibiga kiradi. Demak, asosiy vositalarning aktiv qismiga 
    mashina va uskunalar, kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi, 
    transport vositalarini kiritish mumkin. Aktiv qismining yuqori bo‘lishi 
    fond progressivligini ifodalaydi. 
    Bugungi kunda mehnat qurollarini jalb etishning yangi shakllari, 
    masalan, lizing va ijaraning boshqa shakllaridan keng foydalanilmoqda. 


    443
    O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolik kodeksi»ning 587-moddasi lizing 
    shartnomasini quyidagicha sharhlaydi: «Lizing shartnomasi bo‘yicha bir 
    taraf – lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) boshqa taraf – lizing oluvchi 
    (ijarachi)ning topshirig‘i bo‘yicha uchunchi taraf – sotuvchi bilan undan 
    lizing oluvchi uchun mol-mulkni xarid qilish uchun bitimga kirishish 
    majburiyatini o‘z zimmasiga oladi, lizing oluvchi esa buning uchun 
    lizing beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga 
    oladi». 
    Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot (3-sonli shakl)da 
    konservatsiya qilingan asosiy vositalar, uzoq muddatli ijara (lizing)ga 
    olingan asosiy vositalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ifodalinishi asosiy 
    vositalarni kompleks iqtisodiy tahlil etish obyektini yanada kengaytiradi.
    Xo‘jalik yurituvchi subyekt va firmalarda asosiy vositalar hisobini 
    yuritishni soddalashtirish maqsadida ular muayyan tasnif ko‘rsatkichlari 
    orqali guruhlarga bo‘linadi. Asosiy vositalarni guruhlarga bo‘lishning 
    tasnif belgilari quyidagilardir: 
    – bajaradigan vazifasiga ko‘ra; 
    – obyektlarda foydalanish darajasiga ko‘ra; 
    – natural-moddiy tarkibiga ko‘ra. 
    Obyektlardan foydalanish darajasiga ko‘ra asosiy 
    vositalarning turkumlanishi 
    Zahirada 
    turgan asosiy 
    vositalar 
    Foydalanilayotgan 
    asosiy
    vositalar 
    Ishlamayotgan
    asosiy
    vositalar 
    33-chizma. Foydalanilishiga ko‘ra asosiy vositalarning turkumlanishi. 
    Asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra ishlab chiqarish va 
    noishlab chiqarish vositalariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy 
    vositalari bevosita moddiy ne’matlarni yaratishda ishtirok etadigan 
    vositalar. Noishlab chiqarish asosiy vositalari guruhiga uy-joy hamda 
    kommunal-xo‘jalik, maishiy xizmat, sog‘liqni saqlash, ta’lim va 
    boshqalarning asosiy vositalari kiritiladi. 


    444
    Ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatida asosiy vositalar obyektlardan 
    foydalanish darajasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
    Asosiy vositalarning bunday guruhlanishi ulardan foydalanish 
    samaradorligini baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz 
    asosiy vositalarni boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektga berish yoki 
    sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish, shuningdek, ularning eskirishini 
    to‘g‘ri hisob-kitob qilish uchun zarur. 
    Asosiy vositalar natural-moddiy tarkibiga ko‘ra quyidagi guruhlarga 
    bo‘linadi (-chizma). 
    Asosiy vositalar 
    Yer 
    Uzatuvchi 
    moslamalar 
    Ishlab chiqarish 
    va xo‘jalik 
    inventarlari 
    Mashina va 
    jihozlar 
    Ishchi va 
    mahsuldor 
    hayvonlar 
    Yerni obodon-
    lashtirish uchun 
    kapital sarflar 
    Transport 
    vositalari 
    Ko‘p yillik 
    daraxtlar 
    Binolar 
    Asbob-
    uskunalar 
    Boshqa asosiy 
    vositalar 
    Inshootlar 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    tahlili, ularning aktiv va passiv qismlari nisbati

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish