• Asosiy vositalarning baholanishi.
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet326/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

     
     
    34-chizma. Asosiy vositalarning turkumlanishi. 
     
    Yer amaldagi qonunchilikka binoan xo‘alik yurituvchi subyektga 
    mulk tarzida berilgan yer maydonidir. O‘zbekiston Respublikasi «Yer 
    kodeksi»ning 17-moddasiga binoan, «Yuridik shaxslar «Yer kodeksi» va 
    boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy 
    foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk 
    huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin». Yerning 
    qiymatiga uni xarid qilishda ko‘chmas mulk agentlariga to‘lanadigan 
    komission to‘lovlar, advokatlar xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq 
    to‘lovlari, drenaj qiymati, yerni tozalash va boshqa xarajatlar qo‘shiladi. 
    Yerni obodonlashtirish bo‘yicha kapital xarajatlar tarkibiga yerning 


    445
    unumdorligini oshirish, avtomobil va boshqa transport turlariga to‘xtash 
    joylarini barpo etish hamda shunga o‘xshash boshqa xarajatlar kiradi. 
    Binolarga ishlab chiqarish korpuslari, sexlar, ustaxonalar, boshqar-
    ma binosi, omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, 
    ma’muriy-xo‘jalik va ijtimoiy-maishiy maqsadlardagi obyektlar, shu-
    nindek, ulardan to‘g‘ri foydalanish zarur bo‘lgan jami kommunikatsiya 
    vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, ichki 
    telefon va signalizatsiya vositalari, lift xo‘jaligi) kiradi. 
    Inshootlarga mehnat jarayoni va uning natijalarini o‘zgartirmagan 
    holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy 
    vazifalarini bajarishga xizmat qiladigan obyektlar (neft va gaz quduqlari, 
    shaxta yo‘llari, avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, estakadalar, suv omborlari 
    va boshqalar) kiradi. 
    Uzatuvchi moslamalarga mashina-dvigateldan ish mashinalariga 
    elektr, issiqlik, mexaniq energiyani uzatishga, shuningdek, suyuq va 
    gazsimon moddalarni bir obyektdan boshqa obyektga yetkazib berishga 
    xizmat qiladigan qurilmalar (elektr uzatish yo‘llari, quvur yo‘llari, 
    issiqlik va gaz tarmog‘i hamda boshqalar) kiradi. 
    Mashina va jihozlar asosiy vositalarning eng asosiy turi hisoblanadi 
    va o‘z navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi: 
    ♦ kuch mashina va jihozlari elektr va issiqlik energiyasini ishlab 
    chiqaradigan yoki uni mexaniq harakat energiyasiga aylantirib beradigan 
    generator-mashinalar, divigatel mashinalar (qozonxonalar, bug‘ 
    dvigatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar)dir; 
    ♦ ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, 
    termik, kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda texnologik ishlov berishga, ular-
    ni ishlab chiqarish jarayonida qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish, tayyor-
    lashga xizmat qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatlar)dir; 
    ♦ o‘lchov va rostlash asboblari hamda qurilmalari va laboratoriya 
    jihozlari 
    foydalaniladigan 
    texnika 
    ishidagi 
    turli 
    parametr 
    (ko‘rsatkich)larni o‘lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, 
    xomashyo, TMZlar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik 
    darajasi, shovqin ta’siri va boshqalarni o‘lchashda ishlatiladi. Ularga 
    monometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va bosh-
    qalar kiradi; 
    ♦ hisoblash texnikasi ma’lumotlarni elektron hisoblash mashina-
    larida qayta ishlaydigan vositalardir. Ularga kompyuterlar, printerlar va 
    boshqa kompyuter vositalari kiradi.; 


    446
    ♦ boshqa mashina va jihozlarga yuqorida sanab o‘tilmagan mashina 
    va jihozlar (o‘t o‘chirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi. 
    Transport vositalari kishilar hamda yuk va turli maqsadlardagi 
    narsalarni tashishga mo‘ljallangan harakat vositalari (temir yo‘l, suv, 
    avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur yo‘llari)dir. 
    Asbob va uskunalar qo‘l mehnati jarayonida ishlatiladigan yoki ish 
    qismlarini kuchaytirish, oshirish uchun mashinaga biriktiriladigan 
    vositalar (elektro-drellar, vibratorlar)dir. 
    Ishlab chiqarish inventarlari ishlab chiqarish jarayonini yengillash-
    tirishda ishlatiladi. Ularning tarkibiga bak, konteyner, inventar, idishlar 
    kiradi. 
    Xo‘jalik inventari idora (ofis) ishlarini va xo‘jalikni yuritishda zarur 
    bo‘lgan narsalardir. 
    Ish hayvonlari va mahsuldor chorva har bir yetilgan mol (ot, ho‘kiz, 
    sigir)lar bo‘lib, alohida inventar obyekti sifatida hisobda aks ettiriladi. 
    Ko‘p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog‘dagi miqdori va 
    yoshidan qat’iy nazar ekilgan daraxtlar guruhidir. 
    Boshqa asosiy vositalarga kutubxona vositalari, ijaraga olingan 
    asosiy vositalar, konservatsiyadagi asosiy vositalar va boshqalar kiradi. 
    «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga binoan asosiy vositalar 
    quyidagi baholarda baholanadi: 
    Qoldiq
    qiymati 
    Tugatish
    qiymati 
    Qayta tiklash 
    qiymati 
    Asosiy vositalarning 
    baholanishi 
    Dastlabki 
    qiymat 
    Sotish 
    qiymati 
    35-chizma. Asosiy vositalarning baholanishi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish