451
asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashni soddalashtirish maqsadida
quyidagi beshta guruh asosiy vositalarga me’yorlar belgilangan:
1. Binolar, inshootlar va qurilmalar uchun – 5 %.
2. Yengil avtomobillar, taksilar, yo‘l harakatida foydalaniladigan
avtotraktorlar, maxsus buyumlar, inventarlar, kompyuterlar, ma’lumot-
larni qayta ishlovchi uskunalar uchun – 20 %.
3. Yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avtoprit-
seplar, mashina, asbob-uskunalar va mebellar uchun – 15 %.
4. Yuqoridagi guruhlarga kiritilmagan boshqa asosiy vositalar uchun
– 10 %.
5. Temir yo‘l, dengiz, daryo va havo transport vositalari, issiqlik,
gaz va suv uzatuvchi truboprovodlar, dizel generatorlari, elektr va aloqa
uzatish uskunalari uchun – 8 %.
Ushbu me’yoriy xatda firma va kompaniyalar uchun amortizatsiya
hisoblashning o‘zgartirilgan normalarini qo‘llash imkoniyati berilgan,
ya’ni ular sekinlashtirilgan yoki tezlashtirilgan (ikki koeffitsiyentga
qadar) usullaridan foydalanishlari mumkin. Tezlashtirilgan amortizatsiya
hisoblash tartibi qo‘llanilsa, me’yoridan ortiqcha hisoblangan amorti-
zatsiya summasi soliqqa tortiladigan foydaga qo‘shilib, o‘rnatilgan
tartibda soliq to‘lashlari lozim.
Jahon tajribasida asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning
turli-tuman muhim uslublari mavjud.
Bunday muhim uslublariga