452
bilan hisobdan chiqarishning turli xil usullari mavjud bo‘lib, ulardan
asosiylari quyidagilardir:
1) qiymatni bir maromda (to‘g‘ri chiziqli) hisobdan chiqarish usuli;
2) eskirishni bajarilgan ishlar (ishlab chiqarish) hajmiga mutanosib
ravishda hisoblab yozish usuli;
3) tezlashtirilgan hisobdan chiqarishning ikki usuli:
a) qiymatning yillar yig‘indisi bo‘yicha hisobdan chiqarish usuli
(sonlar summasi usuli) yoki kumulyativ usul;
b) kamayib boruvchi qoldiq usuli.
Quyidagi misollar orqali yuqoridagi usullarni ko‘rib chiqamiz.
Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati – 1.000.000 so‘m.
Asosiy vositalarni tugatish qiymati – 100.000 so‘m.
Asosiy vositalarning xizmat muddati – 5 yil.
Ushbu holatda har yilgi amortizatsiya amortizatsiyalanadigan qiy-
matning 20 %ini yoki to‘g‘ri chiziqli hisobdan chiqarish usuliga muvo-
fiq 180.000 so‘mni tashkil qiladi (1.000.000-100.000):5=180.000 so‘m.