• Sotish qiymati
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet327/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

     
    Dastlabki qiymat – aktivni xarid qilishda haqiqatda to‘langan pul 
    mablag‘lari yoki uni barpo etishda amalga oshirilgan haqiqiy 


    447
    xarajatlardir. Xarid qilishning haqiqiy qiymati asosiy vositani xarid 
    qilish va uni ishlatish uchun tayyor holga keltirishda qilingan barcha 
    xarajatlarni, ya’ni: xarid narxi, yuridik yig‘imlar va boshqa xarajatlarni 
    o‘z ichiga oladi. Tashkilot tekinga olgan asosiy vositalarning dastlabki 
    qiymati ekspert yo‘li bilan bozor narxida baholangan qiymat bo‘yicha 
    tan olinadi. Tekinga olingan asosiy vositani kirim qilingan sanada amal 
    qilgan narx asosida joriy bozor qiymati shakllantiriladi. Amaldagi narx 
    to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham hujjatlar va ekspert yo‘li bilan 
    tasdiqlanishi kerak. 
    Sotish qiymati asosiy vositalarni bitim paytida manfaatdor taraflar 
    o‘rtasida ayirboshlash mumkin bo‘lgan summa. 
    Asosiy vositani pulga xarid qilinsa, uning qiymati kontraktda 
    ikkilamchi bozorda faol ishlayotgan shu singari aktivda aniqlangan 
    bozor narxi bo‘yicha ko‘rsatilishi mumkin. 
    Asosiy vositani xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi tomonidan 
    yaratilgan va uni yaratish chiqimlarini aniq belgilash mumkin bo‘lgan 
    hollarda asosiy vosita haqiqiy tannarx bo‘yicha aks ettiriladi. 
    Ba’zi vaqtlarda asosiy vositalarni qayta baholashga ehtiyoj tug‘iladi. 
    Asosiy vositalarni qayta baholaganda asosiy vositaning butun zanjiri 
    qayta baholanishi kerak. Qayta baholash natijasida asosiy vositaning 
    balans qiymati ko‘paygan holda ushbu ko‘payish avvalgi bahodan 
    oshadigan summada 8510-»Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha 
    tuzatishlar» schotining kreditida aks ettirilishi lozim.
    Qayta baholash natijasida asosiy vositaning balans qiymati 
    kamaygan bo‘lsa, bu kamayish avvalgi bahodan oshadigan summada 
    xarajat sifatida tan olinadi. 
    Asosiy vositalarning tarkibi, ularning tuzilishini o‘rganish bilan bir 
    qatorda dinamik o‘zgarishlariga ham baho berib boriladi. Dinamik 
    o‘zgarishlar asosida korxonada asosiy vositalarning yillar bo‘yicha 
    mutlaq va nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi.
    Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida esa korxonaning asosiy 
    vositalari tarkibiga, tuzilishiga va dinamikasiga baho berish mumkin 
    bo‘ladi. 
    Jadval ma’lumotlariga asoslanib, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik sub-
    yektida, o‘rganilayotgan davrda o‘tgan yilga nisbatan jami ishlab 
    chiqarishdagi asosiy vositalar hajmi 14122 ming so‘mga ko‘payganligini 
    ko‘rishimiz mumkin. Mazkur korxonadagi asosiy vositalarning asosiy 
    salmog‘ini yer, bino hamda mashina va jihozlar tashkil etgan. Ushbu 


    448
    asosiy vositalar jami vositalarning 80-85 % ini tashkil qilmoqda. Joriy 
    yilda korxonadagi asosiy vositalardan mashina va jihozlarning qiymati 
    8774 ming so‘mga, transport vositalarining qiymati 5712 ming so‘mga, 
    uzatish moslamalarining qiymati 969 ming so‘mga ko‘paygan bo‘lsa, 
    binoning qiymati 860 ming so‘mga, inshoot 54 ming so‘mga va boshqa 
    asosiy vositalar 663 ming so‘mga kamaygan. 
     
    109-jadval

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish