430
ular iqtisodiy faoliyati davomida yuzaga kelgan debitorlik va kreditorlik
qarzlarini imkon qadar o‘z vaqtida bartaraf etishi muhim masala hisob-
lanadi. Shuning uchun ushbu qarzlarning samarali tahlilini o‘tkazish va
ularni kamaytirish chora-tadbirlari bugungi
kunning dolzarb muammo-
sidir. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil qilish asosidagina ularni
baholash imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-maydagi
«Xalq xo‘jaligida hisob-kitoblarni o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun korxo-
na va tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish borasidagi chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi va 1996-yil 24-yanvardagi «To‘lov intizomini
va o‘zaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash
chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi» Farmonlarini bajarish borasida muayyan ishlar olib
borilayotganligiga qaramasdan debitorlik-kreditorlik
qarzlarini boshqa-
rish murakkabligicha qolmoqda. Jumladan, Davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash maqsadida 50 ta korxonaning budjet
va budjetdan tashqari
jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tgan hamda joriy
kreditorlik qarzdorligi qayta ko‘rib chiqildi.
Bu mazkur korxonalar
tasarrufida 350 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni qoldirish, ularning
ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish imkonini berdi.
1