420
qisqartirish choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi. Boshqa kreditorlik qarzlari
esa 25039 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari tengligi 136116 ming
so‘mni tashkil etgan. Shundan sof debitorlik majburiyatlari summasi
8562 ming so‘mni tashkil etgan.
Umuman olganda, jami debitorlik qarzlarining kreditorlik qarzlari-
dan ortiqcha ekanligi korxona uchun birmuncha ijobiy deb baholanadi.
Chunki undirib olishi lozim bo‘lgan qarzi to‘lashi kerak bo‘lgan
qarzidan ko‘pdir.
Tahlilda muddati uzaytirilgan debitorlik va mudati kechiktiril-
maydigan kreditorlik majburiyatlarining yuzaga kelishiga alohida
ahamiyat beriladi. Chunki, muddati o‘tkazib yuborilgan majburiyatlar
korxona moliyaviy ahvolining mushkullashishi va moliyaviy
barqarorligining buzilishiga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, korxonaning
to‘lov layoqati buzilishiga sabab bo‘ladi.