Fond qaytimi dinamikasi va unga tashkiliy-texnik




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet339/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

12.6. Fond qaytimi dinamikasi va unga tashkiliy-texnik 
omillar ta’siri tahlili 
Firma, kompaniya va korxonalar asosiy ishlab chiqarish fondlaridan 
samarali foydalanishi tufayli ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi 
pasayadi, foyda va rentabelligi oshishiga erishiladi. Mahsulot tannar-
xining pasayishi, raqobatbardoshligini oshirishda O‘zbekiston Respub-
likasi Prezidentining 2007-yil 15-martdagi «Ishlab chiqarishni modernizat-
siyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘-
shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni muhim ahamiyatga ega. 
Mazkur farmonga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlab 
chiqarishga zamonaviy uskunalar muntazam kiritish asosida moder-
nizatsiyalashni ta’minlasa, yangi texnika ishlab chiqarishga joriy etilgan 
paytdan boshlab quyidagi qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘ladilar: 
– ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta 
jihozlash uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing obyektini to‘lash-
ga yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdorida uch yil mobaynida foydadan 
olinadigan soliq bazasi tegishli hisobot davri uchun hisoblangan 
amortizatsiya mablag‘lari foydalanish sharti bilan kamaytiriladi; 
– ishlab chiqarishga joriy etilgan yangi texnologik jihozlar besh yil 
muddatga mulk solig‘idan ozod etiladi; 
– soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladigan ishlab 
chiqarish mikrofirmalari va kichik korxonalari uchun besh yil davomida 
yagona soliq to‘lovi to‘lashda soliqqa tortiladigan bazani xarid qilingan 
yangi tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha qonunchilikda belgilangan 
bojxona to‘lovlarini to‘lashda imtiyozlardan foydalaniladi. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish quyidagi 
ko‘rsatkichlar tizimi orqali ifodalanadi. 
– umumiy ko‘rsatkichlar; 
– yakka ko‘rsatkichlar. 
Umumiy ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiradi: 


463
1) fond rentabelligi; 
2) fond qaytimi; 
3) fond sig‘imi; 
4) asosiy ishlab chiqarish fondlaridan nisbiy iqtisod. 
Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarni kompleks tahlil etishda 
ko‘rsatkichlar dinamikasi, rejasining bajarilishi, raqobatdagi korxonalar 
ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali asosiy ishlab chiqarish fondlaridan 
foydalanish ko‘rsatkichlariga baho beriladi. Bozor munosabatlari 
sharoitida asosiy ishlab chiqarish fondlarini har so‘miga to‘g‘ri 
keladigan foyda miqdori (fond rentabelligi) muhim ahamiyat kasb etadi. 
Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda
Fond rentabelligi =
Asosiy ishlab chiqarish fondlarinining o‘rtacha yillik qiymati

Download 2,53 Mb.
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fond qaytimi dinamikasi va unga tashkiliy-texnik

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish