512
1 2 3 4 Jami: moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining sof pul kirimi/chiqimi (satr.050+/-100+/-180-210) Итого: чистый денежный приток/отток от финансово-хозяйственной деятельности (стр. 050+/-100+/-180-210) 220 7164489,8 6627225,2 Yil boshidagi pul mablag‘lari Денежные средства на начало года 230 240164,7 Yil oxiridagi pul mablag‘lari Денежные средства на конец года 240 777429,3 Test savollari: 1. Pul mablag‘lari harakatdagi aktivlarning qaysi qatoriga kiradi? a) tez sotiluvchi aktivlarga;
b) doimiy harakatdagi aktivlarga;
d) sekin sotiluvchi aktivlarga;
e) aylanma mablag‘larga.
2. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni tuzishdan maqsad nima? a) Pul mablag‘lari harakatining balansini tuzish;
b) ma’lumot foydalanuvchilariga korxonaning pul mablag‘larini
boshqaruvidagi layoqatiga baho berishdan;
d) pul mablag‘larining faoliyat shakli bo‘yicha harakatini
ko‘rsatishdan;
e) pul mablag‘lari harakatini boshqarishda axborotlar bilan
ta’minlashdan iborat.
3. Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot qaysi davrga tuziladi? a) yil bo‘yicha;
b) choraklik, yarim yillik, 9 oylik, yillik;
d) faqat choraklar bo‘yicha;
e) yarim yillik va yillik;
f) to‘liq hisobot davri bo‘yicha.
4. Firmaning pul mablag‘lari qanday faoliyatlarda harakat qiladi? a) xo‘jalik, investitsiya, soliqqa tortish va tashqi iqtisodiy
faoliyatlarda;
513
b) xo‘jalik, investitsiya, soliqqa tortish va moliyaviy faoliyatlarda;
d) xo‘jalik, investitsiya, soliqqa tortish va valuta mablag‘lar
harakatida;
e) xo‘jalik, investitsiya, soliqqa tortish va ijara majburiyatlarida;
f) xo‘jalik, investitsiya, soliqqa tortish va aksiya chiqarishda.