XIV BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet380/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

 
XIV BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING 
XUSUSIY KAPITALI TAHLILI 
 
14.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar xususiy kapitalini tahlil 
qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari 
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xususiy kapital kor-
xonaning moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri 
hisoblanadi. Chunki uning holatiga qarab jami mablag‘lar tarkibidan 
kelib chiqqan holda korxonaning iqtisodiy qaramligi yoki mustaqilligiga 
baho beriladi. Bu biznesni boshqarish, faoliyatni kengaytirish va 
sheriklik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda o‘ta muhim masala hisoblanadi. 
Xususiy kapital korxonaning o‘z mablag‘lari manbayining asosini 
tashkil etuvchi ko‘rsatkich hisoblanib, uning tarkibiga korxona ustav 
kapitali, zaxira kapitali, qo‘shilgan kapital hamda taqsimlanmagan foyda 
(qoplanmagan zarar) kiradi.
Buxgalteriya hisobi fanidan ma’lumki korxona, tashkilot va 
firmalarni moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlash manbayi bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi: 
Ø
o‘z mablag‘lari manbayi; 
Ø
qarz mablag‘lari. 
Sobiq ittifoq davrida esa bu mablag‘lar manbayiga budjetdan ajrat-
malar ham kirgan. Lekin bozor iqtisodiyotiga o‘tganimizdan keyin bu 
mablag‘lar manbayi bekor qilingan. Chunki bu manbaning yo‘q qilinishi 
Respublikamizdagi boqimandalik tizimini tugatishni ta’minladi. 
Endilikda esa yuqorida sanab o‘tganlarimiz korxonalarni mablag‘lar 
bilan ta’minlash manbayi bo‘lib kelmoqda. 
Korxona, tashkilot yoki firma ochilish davrida o‘z mablag‘larini bel-
gilab olishi lozim. Bu ish amalga oshirilgach esa mablag‘larni qaysi 
manba hisobiga qoplash kerakligi ko‘rib o‘tiladi. Agarda korxonaning 
o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lsa, o‘z mablag‘lar manbayi hisobiga, aks 
holda esa qarz mablag‘lari hisobiga, qoplaydi. 


517
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida har bir korxona o‘z 
moliyaviy ehtiyojlarini o‘zi mustaqil qondirishi mumkin. Resurslarni 
ta’minlash manbayi bo‘lib, uning foydasi, qimmatli qog‘ozlarini sotish-
dan kelgan tushum, aksionerlarning pay va boshqa to‘lovlari, yuridik va 
jismoniy shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari hamda qonundan tash-
qari bo‘lmagan holda kirim qilingan mablag‘lar kiradi. Bunday asosda 
kiritilgan mablag‘lar korxona, tashkilotlar uchun xususiy kapital deb 
qaraladi. 
Hozirgi vaqtda mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxonalarda 
ustav fondi miqdori mazkur korxona tashkil bo‘lganda tasdiqlangan 
ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan miqdor bilan muvofiq kelishi lozim. 
Uning miqdori yil davomida o‘zining mulkchilik shaklini o‘zgartirmay-
digan korxonalarda o‘zgarmaydi. Davlat korxonasi xususiylashtirilganda 
mazkur korxona mulkining sotib olinish qiymatini aniqlash talab 
qilinadi, chunki ta’sischilar hujjatida ustav fondi miqdorini ko‘rsatish 
lozim. 
Umuman olganda, barcha iqtisodchi olimlar tomonidan xususiy 
kapitallarga ta’rif berilganda yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar tizimi-
dan foydalanilgan bo‘lib, ular tarmoq xususiyatiga ko‘ra o‘z ko‘rinish-
larini o‘zgartirgan holda ta’riflangan.
MDH iqtisodchi olimlaridan P.Kamishanov «Ustav kapitali – bu 
davlat tashkilotlarida hukumat tomonidan ajratilgan asosiy va aylanma 
mablag‘lari hisobiga shakllanadi. Nodavlat sektoridagi korxonalarda esa 
ta’sischilarning kiritgan mablag‘lari hisobiga tashkil topib, u xo‘jalik 
faoliyatini amalga oshirish uchun ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan mulkni 
puldagi ifodasini ko‘rsatadi» deb ta’kidlagan. 
Shu jumladan A.O‘lmasov va N.To‘xliyevlar ham: «Ustav kapitali – 
korxonani barpo etish to‘g‘risidagi shartnoma yoki nizomda belgilangan 
mablag‘lar (kapital) miqdori. Chiqarilgan aksiyalarning nominal qiyma-
ti, davlat qo‘ygan mablag‘lar, xususiy ulush (pay) badallari miqdoridan 
tashkil topadi» deb ta’rif berishgan. 
Ushbu iqtisodchilar tomonidan ustav kapitaliga berilgan ta’rif maz-
mun jihatdan mohiyatga ega bo‘lsa hamki, unga bir muncha qo‘shim-
chalar kiritish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Negaki, berilgan mazmun, 
korxona mablag‘lar manbayining manfaatdorlik hissini, tashkil bo‘lish 
davrini va keyinchalik mazkur ko‘rsatkichning shakllanish holatini 
o‘zida aks ettirmagan. Shu jihatdan olganda: «ustav kapitali – bu 
xo‘jalik subyektlarining daromad (foyda) olish maqsadini ro‘yobga 


518
chiqarish uchun zarur bo‘lgan dastlabki (korxonani barpo etish to‘g‘ri-
sida shartnoma yoki nizomda belgilangan) mablag‘lar (kapital) miqdori. 
Shuningdek, ustav kapitalini oshirish maqsadida kiritilgan mablag‘lar, 
hamda o‘z kreditor va ta’sischilarining qiziquvchanligini kafolatlovchi 
mablag‘lar manbayidir» deb ta’rif berishimiz maqsadga muvofiqdir.
Xususiy kapital tarkibiy qismlaridan yana biri bu – rezerv kapitali 
hisoblanadi. Rezerv kapitali ko‘pgina me’yoriy va qonuniy hujjatlarda 
hamda iqtisodiy adabiyotlarda turlicha ta’riflangan bo‘lib, uning o‘ziga 
xos jihatlarini belgilab bergan. 
Masalan, Respublikamiz boshqaruv tashkilotlari tomonidan belgi-
langan me’yorlarga asosan: «Rezerv kapitali – bu korxona ustaviga 
asosan ajratma qilish mol-mulk qayta baholanishi, qaytarib bermaslik 
sharti bilan olingan mablag‘lar (pul mablag‘laridan tashqari), o‘rtoqlik 
va aksionerlik jamiyatlar mulkini oshiruvchi boshqa kirimlar hisobini 
olib borish uchun mo‘ljallangan» deb izohlangan. Keltirilgan izohga 
mazmunan yondashadigan bo‘lsak, uning tarkibiga kiruvchi bir qator 
ko‘rsatkichlar o‘z o‘rnida berilmagan. Masalan, mol-mulkning qayta 
baholanishi. Chunki ushbu ko‘rsatkichning ma’lum qismi, qo‘shilgan 
kapital zimmasiga birkitilgan bo‘lib, uning ikki schotda ko‘rsatilishi 
hisob tizimidagi kamchiligimiz hisoblanadi.
M.Lapustin, P.Nikolskiylarning fikricha: «Rezerv kapitali – bu xo‘-
jalik tavakkalchiligi va ko‘zda tutilmagan holatlarni moliyalashtirish 
maqsadida jamg‘arilgan pul ko‘rinishidagi mablag‘lar hisoblanib, u xu-
susiy kapitalning bir bo‘lagi sifatida qaraladi. Amaliyotda bu jamg‘arma 
sug‘urta mablag‘i sifatida yoki tavakkalchilik rezervi, deb ham ataladi». 
Yuqorida keltirilgan ta’rifga nazar solsak, uning bir qadar maz-
munga ega ekanligini guvohi bo‘lamiz. Chunki rezerv kapitali hisobot 
yilida erishilgan sof foyda hisobidan ma’lum bir maqsadlarni sug‘ur-
talash uchun tashkil etilishi belgilab qo‘yilgan.
Shu nuqtayi nazardan, bizningcha: «Rezerv kapitali – bu ta’sis huj-
jatlariga binoan hisobot davrida erishilgan sof foyda hisobidan, amaldagi 
qonunchilik asosida, tavakkalchilik va ko‘zda tutilmagan natijalar oldini 
olish, hamda xo‘jalikning oxirgi moliyalashtirish manbayi sifatida gav-
dalanadigan mablag‘lar jamg‘armasining puldagi ifodasi» deb ta’riflash 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Yuoridagi fikr-mulohazalar shuni ko‘rsatmoqdaki, xo‘jalik yurituv-
chi subyektlarning faoliyatida kapitallar (fondlar) va rezervlarning 
muhim o‘rni mavjud ekan. Chunki bu manbalar asosan, xo‘jalik sub-


519
yektlarining o‘z manbalarini aks ettiruvchi jihatlari bilan ajralib turadi. 
Bugungi kunda xo‘jalik subyektlarining o‘z mablag‘lari manbalari 
qanchalik yuqori salmoqqa ega bo‘lsa, mazkur korxonalarning faoliyati 
shunchalik ijobiy baholanadi. 
Xususiy kapital hisobi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida 
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u korxonaning o‘z qudrati darajasining 
qay darajada ekanligini bildiradi. Bunday taraflarni e’tiborga olgan 
holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 6-
sessiyasida qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunda 
ham xususiy kapital hisobiga katta e’tibor berilgan. Uning 16- 
moddasiga ko‘ra moliyaviy hisobotlar tarkibida 5-shakl «Xususiy 
kapital to‘g‘risida hisobot» deb nomlanib, bu shakl har yili boshqa 
hisobotlarga qo‘shilgan holda yuqori organlarga topshirilishi lozim. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XIV BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish