shart-sharoitlarini ko‘rsatib berish hamda ularni amaliyotga tatbiq




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet383/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

shart-sharoitlarini ko‘rsatib berish hamda ularni amaliyotga tatbiq 
etish bosqichi. Mazkur bosqichda tahlil natijasida aniqlangan imkoniyat-
larni korxona faoliyatiga qo‘llash yo‘llari ko‘rsatilib, tavsiyalar beriladi, 
aniqlangan ilg‘or g‘oya va tajribalarni amaliyotga tatbiq etishni ko‘rsatib 
beradi va ularning haqiqatda kelgusida bajarilishi nazorat qilib boriladi.  
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘z moliyaviy resurslari-
ni mustaqil shakllantirishlari mumkin. Korxona moliyaviy resurslarining 
asosiy manbalari bo‘lib foyda, amortizatsiya ajratmalari, qimmatli qo-
g‘ozlarni sotishdan olingan mablag‘lar, aksionerlar, yuridik va jismoniy 
shaxslarning pay va boshqa badallari, shuningdek, kreditlar va 
qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa tushumlar hisoblanadi. 
Korxonaning o‘z mablag‘larini shakllantirish asosiy manbayi bo‘lib 
uning mulkdorlari tomonidan korxonaga qo‘yilgan mablag‘lar majmui 
bo‘lgan ustav kapitali hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi 
qonunchilik va ta’sis hujjatlari bilan amalga oshiriladi. 
Chunonchi, davlat korxonalarining ustav fondi korxona foydala-
nishga topshirilgan vaqtida o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun davlat 
tomonidan (budjet hisobidan) ajratilgan mablag‘lar (qurilish, montaj, 
sozlash ishlari xarajatlari, asbob-uskunalar, aylanma mablag‘lar va pul 
mablag‘lari qiymati) ni aks ettiradi. 
Nodavlat tijorat strukturalarining ustav kapitali aksionerlar (ta’sis-
chilar) tomonidan qo‘yilgan (pul, moddiy va boshqa) mablag‘lar hiso-
bidan shakllantiriladi va shuning uchun ham bir necha yuridik va 
jismoniy shaxslar – aksionerlar jamiyatini, shirkat va boshqa tashkiliy-
huquqiy shakldagi jamoat mulkini tashkil etadi. 


522
Xususiy kapital hisobi o‘z ichiga bir qancha ko‘rsatkichlarni olib, 
ular quyidagi tartibda tashkil etiladi: 
Ø
Ustav kapitali. 
Ø
Qo‘shilgan kapital. 
Ø
Rezerv kapitali. 
Ø
Taqsimlanmagan foyda. 
Ø
Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar. 
Korxonaning ustav kapitali o‘z mablag‘lari manbayining asosini 
tashkil etadi. Ustav kapitali ta’sischilar tomonidan qo‘yilgan pay to‘lov-
larini, aksiyalarining nominal qiymatini o‘zida saqlaydi. Uning hisobi 
esa hukumat qarorlari va ta’sischilarning yig‘inida qabul qilingan qaror-
lar asosida yuritilib boriladi. 
Davlat tashkilotlarida ustav kapitali davlat budjeti tomonidan ajra-
tilgan mulkni ko‘rsatadi. Mulkning kelishi vaqtiga esa bu summa ustav 
kapitalida ko‘rsatiladi. 
Korxonalar amalda qo‘llanilayotgan qonunlarga ko‘ra har yili erish-
gan foydasidan rezervlar tashkil etishlari mumkin. Unga har yili ustavda 
ko‘rsatilgan tartibda mablag‘ chegirilib boriladi. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



shart-sharoitlarini ko‘rsatib berish hamda ularni amaliyotga tatbiq

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish