532
oladigan tushumlari va foydasining kamayishiga hamda ishlab chiqarish
rentabelligiga va pirovardida mamlakatimiz makroiqtisodiy ko‘rsatkich-
larining dinamikasiga salbiy ta’sir etishi tabiiydir albatta.
Shu nuqtayi nazardan respublikamiz korxonalariga jahon iqtisodiy
inqirozining salbiy oqibatlari ta’sirini yumshatish choralarini ko‘rish
lozim. Bunda korxonalarning ichki imkoniyatlarini chuqur o‘rganish,
iqtisodiy salohiyatini to‘g‘ri baholay olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ya’ni korxonalarda tahlil jarayonlarini mukammal tarzda tashkil etish va
jahon tajribasida o‘zini oqlab kelayotgan tahlil usullarini joriy etish
ishlarini yanada jonlantirish lozim deb o‘ylaymiz.
Xususan, xozirgi vaqtda dolzarb hisoblangan xususiy kapital tah-
lilini rivojlantirish va takomillashtirish bu borada amalga oshirilishi
lozim bo‘lgan eng asosiy vazifalarimiz qatoriga kiradi. Bunda xususiy
kapital tahlilini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi takliflarni keltirib
o‘tmoqchimiz:
- eng avvalo xususiy kapital tahlili bo‘yicha zarur ma’lumotlarni
iqtisodiy adabiyotlardan olish imkoniyatining cheklanganligini inobatga
olgan holda, ushbu mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlarni to‘liq va
kengaytirilgan shaklda sistemalashtirish (jamlash) lozim;
- xususiy kapital ko‘rsatkichlari tahlili bilan bog‘liq bo‘lgan
koeffitsiyentlarni xalqaro hisob hamda tahlil yutuqlarini chuqur
o‘rgangan holda mamlakatimiz hisob va tahlil tizimiga joriy etish lozim;
- korxona xususiy kapitali tahlilini takomillashtirishda mulkchilik
shakli va tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda mavzularni farq-
lash, ya’ni sohalarga yo‘naltirilgan holda mukammallashtirish lozim.
Yuqoridagi fikrlarimizning xotimasi sifatida shuni aytib o‘tish ke-
rakki, mamlakatimizda iqtisodiy bilimlar sohasida ilmiy izlanishlarni ya-
nada jonlantirish va ilmiy izlanuvchilarning ushbu yo‘ldagi sayi-hara-
katlarini rag‘batlantirishning ta’sirchan tizimining joriy etilishi, respub-
likamiz korxonalarining taraqqiy etishiga, milliy iqtisodiyotimizga
to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning kirib kelishiga, xorijiy
kapital ishtirokidagi qo‘shma korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliya-
tining rivojlanishiga, pirovardida mamlakatimiz iqtisodiyotining yanada
yuksalishi va taraqqiy etishiga muhim omil bo‘lishi tabiiydir, albatta.