545
Korxonalar bir-birlariga bo‘lgan qarzlarini to‘lay olmaslik
holatining kuchayishi ham investitsion muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori ham investitsion muhitga ta’sir etadigan
faktlar bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston iqtisodiyotidagi mulk shakl-
larining ko‘payishiga va bozor munosabatlarining mustahkamlanishiga
olib keladi.
Investitsion faoliyat investitsiyalashning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi,
chunki aynan shu jarayonda investitsiya bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘-
rinishga o‘tadi, ya’ni jamg‘armalar, qo‘yilmalar, kapital, mulk, iqtisodiy
samara shaklini oladi. Investitsiyalar oqimi tadbirkorlikning nechog‘lik
faolligini, demakki, bozor konyunkturasini ham ta’riflab beradi.
Investitsiyalar oqimining bu harakati, ya’ni tadbirkorlikka investitsiyalar
ajratish va sarflab iqtisodiy natija olish investitsiya faoliyatining o‘zidir.