547
Demak, biz investitsion muhitga katta e’tibor berishimiz kerak.
Chet el investitsiyalari nuqtayi nazaridan investitsion muhitga ta’sir
ko‘rsatadigan asosiy omil bulib respublikamizdagi iqtisodiy siyosiy
barqarorlik hisoblanadi.
Respublikamizda kechayotgan mana shu siyosiy va iqtisodiy barqa-
rorlik tufayli qisqa vaqt ichida ko‘pgina, aniqrog‘i 3200
dan oshiq
qo‘shma korxonalar tashkil etildi. Bugun O‘zbekistonda qo‘shma
korxonalar uchun soliq imtiyozlari ham berilgan. Bularning barchasi
investitsion muhitni yaxshilamoqda.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida
korxonalar faoliyatining
samaradorligini aniqlash, nafaqat, xo‘jalik subyektlarining o‘ziga,
shuningdek, kreditorlar va investorlar uchun ham o‘ta
muhim ahami-
yatga ega bo‘lib, ular faoliyati samaradorligini tahlil etish korxona
faoliyati ko‘rsatkichlarini barcha qiziquvchilar
uchun ochib beruvchi
vazifani bajaradi. Bunday tahlil etishda korxona faoliyatini moliyaviy
tahlil etishning alohida o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tmoq zarur. Moliyaviy
tahlil korxonaning moliyaviy ahvolinigina
oydinlashtirib bermasdan,
balki uning har jihatli faoliyati va istiqbollarini ham ko‘rsatib bera oladi.
Korxona to‘g‘risida barcha muhim iqtisodiy-tahliliy ma’lumotlarga ular
faoliyatini moliyaviy tahlil qilish orqali ega bo‘lish mumkin. Korxona
faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan
foydalanuvchilar korxona
menejeri, aksiyadorlar, kreditorlar, investorlar, hamkorlar yoki sheriklar
hisoblanadi. Ushbu foydalanuvchilar korxona moliyaviy holatini
baholashda o‘z maqsadlaridan kelib chiqadilar va o‘z mezonlariga
asoslanadilar. Qarz oluvchi faoliyatini moliyaviy tahlil etishda kreditor-
larni investitsiya mablag‘larining qaytarilishi to‘g‘risidagi bashoratlarni
baholash qiziqtiradi.
Umuman, qarz oluvchi faoliyatining
moliyaviy tahlili quyidagi
savollarga javob berish uchun bir qator hisoblashlarni taklif etadi: