559
natijaga ko‘rsatilgan salbiy ta’sir miqdori o‘rganiladi, mas’uliyatli
shaxslarga nisbatan tegishli ko‘rsatmalar beriladi. Mazkur usuldagi tahlil
tezkor yoki muayyan davrni qamrab olgan holda (masalan: choraklik,
yillik) o‘tkazilishi mumkin. Albatta, tahlil natijasida olingan
xulosalardan samarali foydalanish imkoniyati qo‘ldan boy berilmagan
davrda mazkur tadbir o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.
Mablag‘ aylanishining bevosita ishlab chiqarish bosqichida asosiy
va aylanma aktivlarini haqiqiy miqdor va qiymat sarfi belgilangan reja
bo‘yicha amalga oshirilishi tahlil etiladi. O‘zgarishlar sabablari
o‘rganiladi.
131-jadval