555
misolning qiziqarli va diqqatga
sazovor ekanligi shundaki, taklif
etilayotgan har ikkala muqobil variant
birinchi ikki qoida nuqtayi
nazaridan foydasizdir. Lekin shunday bo‘lishiga qaramasdan moliyaviy
menejer tomonidan rad etilmayotir.
Shunday qilib, tadbirkor «Z»
yo‘nalishidagi mahsulot turini ishlab chiqarish uchun korxona mablag‘-
larini investitsiya qilmoqchi. Lekin uning oldida 2 loyiha mavjud.
1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga o‘z munosabatimizni quyidagi
ketma-ketliklar tartibida bildirishga harakat qilamiz:
1. Investitsiyalarning o‘rtacha yillik rentabellik darajasini bank
kreditining o‘rtacha foiz stavkasi bilan taqqoslaymiz.
Har ikkala loyihalarga nisbatan mablag‘larni
bankda saqlash
foydaliroq. Lekin «B» loyiha bo‘yicha qo‘ldan chiqarilgan afzalliklar
nisbatan kamroq. Shu nuqtayi nazardan olib qaralganda «B»
loyiha
(foydalilik nuqtayi nazaridan) hozircha yutuqli holatdir.
2. Loyihalarni inflatsion zararlardan(yo‘qotmalardan) sug‘urtalan-
ganlik (himoyalanganlik) nuqtayi nazaridan taqqoslaymiz.