Investitsiyani baholash usullari




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet403/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

15.3. Investitsiyani baholash usullari 
Tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi iqtisodiyotimizning jahon 
iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga va uning barqaror sur’atlar bilan 
rivojlanishiga keng yo‘l ochdi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida 
investitsiyalarning faol va samarali jalb etilishi milliy iqtisodiyotni 
rivojlantirishda, uning barqaror o‘sishini ta’minlashdagi o‘rni benihoyat 
katta. Bu o‘z navbatida, investitsiyalarning mohiyatini to‘g‘ri va to‘laroq 
talqin etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalar tushunchasi turlicha talqin 
qilinmoqda. Odatda, investitsiya deganda, kelgusida daromad olishni 
mo‘ljallab, hozirda muayyan iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish 
tushunilar edi. 
Ushbu masala yuzasidan xorij olimlari, xususan, U.Sharp, G.Aleksander, 
D.Beyli, Lorens J.Gitman, Maykl D.Joik, V.G.Zolotogorov, V.V.Komarov 
va S.I.Abramovlarning ilmiy ishlarida investitsiyalar mohiyatini yori-
tishga bag‘ishlangan fikr-mulohazalar bildirilgan. 
Investitsiyalarga berilgan ta’riflar tahlilida investitsiyalarni ichki va 
tashqi investitsiyalarga ajratishning zarurligi asoslanadi. Fikrimizcha, bu 


551
investitsiyalar mohiyatining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Buning 
boisi shundaki, ichki va tashqi investitsiyalarni amalga oshirish 
jarayonlari o‘rtasida sezilarli farqlar mavjud. Masalan, tashqi 
investitsiyalarni amalga oshirishda valutalarni konvertatsiyalash, 
investitsiyadan olingan daromadni repatriatsiya qilish muammolari 
vujudga kelib, mazkur muammolar investitsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy 
samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. 
- venchur 
- bevosita
- portfel 
- annuitet 
- sof (asosiy kapitalni 
ko‘paytiradigan) 
- eskirishni qoplaydigan 
- yalpi 
- mol-mulkka investitsiya
- moliyaviy
- nomoddiy 
- kapital 
- innovatsion
- ijtimoiy 
- davlat investitsiyalari 
- korporativ investitsiyalar 
- xususiy investitsiyalar 
- xorijiy investitsiyalar 
- yangi loyihalarga 
- kengaytirishga, yangilashga
- reinvestitsiyalar 
Investitsiyalash maqsadlari va ular 
bilan bog‘liq risklar bo‘yicha 
Takror ishlab chiqarish bo‘yicha 
Kiritish obyektlari bo

yicha
Yo‘naltirish soha va obyektlari 
bo

yicha 
Investitsiyalash subyektlari 
bo

yicha
Amaliy yo‘nalishlari 
bo‘yicha 

Download 2,53 Mb.
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish