546
fan-texnika taraqqiyotini rag‘batlantirish, malakali ishchi kuchini
yetishtirib berish, ishlab chiqarish infrastrukturasiga ajratish singari
qimmat turadigan jarayonlarga davlat sektori budjetidan yetarli mablag‘
berish bilan cheklanishi kerak. Bundan tashqari iqtisodiy mustah-
kamlikni ta’minlash va fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirish jamoat
ishlab chiqarish sohalarini sog‘lomlashtirish, qoloq tumanlar ijtimoiy
infrastrukturasini industrlashtirish hamda yaxshilash maqsadlarida
iqtisodiyotni ustuvor sohalari davlat tomonidan ssudalar va subsidiyalar
ko‘rinishida yordam berishi mumkin;
Ø
chet el fuqarolari, yuridik shaxslar va davlat tomonidan chet el
investitsiyalari berish yo‘li bilan ;
Ø
mulkka egalik qilish huquqiga, bekamu-ko‘st xo‘jalik yuritish
yoki operativ ravishda boshqarish huquqiga, shuningdek, daromadlar
manbayiga, jamg‘armalarga ega bo‘lgan va qarzga beriladigan hamda
jalb etiladigan mablag‘larni olish huquqidan foydalana oladigan chet el
fuqarolari, yuridik shaxslar tomonidan investitsiyalar ajratish yo‘li bilan.
Investorlar investitsiya obyektlari va natijalariga, jumladan, reinves-
titsiyalar va savdo ishlariga egalik qilish va ularni o‘z ixtiyoridan kiritish
huquqiga egadirlar. Investitsion faoliyat obyektlarining o‘zaro muno-
sabatlari, shartnomalar bilan tartibga solinadi.
Investitsion faoliyatni mablag‘ bilan ta’minlash har xil mablag‘lar
hisobiga amalga oshiriladi: o‘ziga qarashli va jalb etilgan mablag‘lar,
belgilangan tartibda chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar, zayomlar va
boshqalar shular jumlasidandir.
Bugungi kunda O‘zbekiston xorijiy investitsiyani qaysi turini
ko‘proq jalb qilishi kerak, degan savol tug‘iladi. Avvalo, biz bugungi
kunda xorijiy moddiy investitsiyalarni o‘zlashtirishimiz zarur. Bu yangi
texnologiyalar, «nou-xau» va boshqa asosiy ishlab chiqarish fondlarini
jalb qilish demakdir.
Bu turdagi xorijiy investitsiyani jalb qilish