• Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetak- chi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab
  • «INVEST»
  • «kapital qo‘yilmalar», «kapital qurilish»
  • faoliyati, uning turlari va asosiy yo‘nalishlari




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet396/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    faoliyati, uning turlari va asosiy yo‘nalishlari 
    «...O‘z-o‘zidan ayonki, raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, 
    pirovard natijada esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, biz 
    qabul qilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 
    chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da 
    ko‘zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, bu haqda 
    jiddiy so‘z yuritish mumkin emas. 
    Bu vazifaning o‘rtaga qo‘yilishi, shuningdek, inqiroz jarayon-
    larining chuqurlashuvi, dunyo miqyosida xarid talabining pasayishi va 
    shunga muvofiq tarzda jahon bozorida xomashyo, materiallar, ayniqsa, 
    tayyor mahsulotlar bo‘yicha raqobatning yildan yilga kuchayib 
    borayotgani bilan ham bog‘liq, albatta. 
    Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetak-
    chi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab 
    bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, 
    birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan 
    o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori 
    texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish 
    tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan 
    quvvatlarni modernizatsiya qilish va tejnik yangilash jarayonlarini 
    tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin. 
    Ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va raqobatdosh mahsulotlar-
    ning yangi turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha qabul qilingan birinchi 
    navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 2012-2016-yillarda hisob-
    kitoblar bo‘yicha qiymati 6 milliard 200 million dollar bo‘lgan 270 dan 
    ziyod investitsiya loyihasini, shuningdek, ishlab chiqarishni moderni-
    zatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha tarmoq 
    dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. 


    540
    Joriy 2012-yilda iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilishni davom 
    ettirishda o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga 
    oshirish mo‘ljallangan. Jumladan, Surshl koni bazasida Ustyurt gaz-
    kimyo kompleksi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar va Qo‘ng‘irot soda 
    zavodlarining ikkinchi navbatini, sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish 
    zavodini qurish ishlari boshlanadi. 
    Shuningdek, Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasida ikkita bug‘-gaz 
    qurilmasi, Angren issiqlik elektr stansiyasida yangi energoblok qurish, 
    avtomobil shinalari va transportyor tasmasi ishlab chiqarishni yo‘lga 
    qo‘yish, to‘qimachilik korxonalari quvvatlarini yanada kengaytirish va 
    butun texnologik jarayonni takomillashtirish bo‘yicha loyihalarni 
    amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. 
    Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta ji-
    hozlash ishlarini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish 
    va taraqqiyot jamg‘armasining roli tobora ortib borayotganini alohida 
    ta’kidlashni istardim. 
    Aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu Jamg‘arma kapitali 9 milliard 
    dollardan oshib ketdi. 2012-yilda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 
    sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasining yetakchi tarmoqlarida 758 
    million dollardan ziyod hajmdagi 29 ta strategik investitsiya loyihasini 
    birgalikda moliyalash mo‘ljallanmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan 38,2 
    foizga ko‘p demakdir. 
    Vazirlar Mahkamasi strategik ahamiyatga molik loyihalarning 
    amalga oshirilishini alohida nazoratga olishi, loyiha-smeta hujjatlarining 
    puxta ishlanishini, tanlov savdolarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini, zarur 
    asbob-uskunalarning yetkazib berilishi bo‘yicha shartnomalar tuzilishi 
    hamda qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda bajarilishini 
    ta’minlashi zarur».
    1
    Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish 
    va tarmoqlar iqtisodini rivojlantirish investitsiyalardan foydalanish sa-
    maradorligini oshirishga bevosita bog‘liqdir. Bozor munosabatlariga 
    o‘tish bosqichida davlatning olib borgan investitsiya siyosatini hayotga 
    tatbiq etish natijasida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida yuksa-
    lishlar yuz bergan. Xalq xo‘jaligi tarmoqlariga yo‘naltirilgan investitsiya 
    mamlakatlar iqtisodini rivojlantirishni ta’minlab, ichki bozorini tovarlar 
    1
    Каримов И.А. 2012 йил – Ватанимиз тараққиётини янги босқичга кўтарадиган йил бўлади. Т.: 
    «Ўзбекистон», 2012 й.20-21-бетлар. 


    541
    bilan to‘ldirishga va xalqaro savdo aloqalarining kengayishiga har 
    tomonlama o‘z hissasini qo‘shgan.  
    Investitsiya lotincha «INVEST» so‘zidan olingan bo‘lib «sarmoya» 
    degan ma’noni bildiradi. Kengroq ma’noda qo‘llanilganda foyda olish 
    maqsadida mamlakat ichkarisida va chet ellarda sanoat, qishloq xo‘jaligi 
    va boshqa tarmoqlarga qo‘yilgan uzoq muddatli mablag‘ sarmoyani 
    bildiradi. 
    Bugungi kunda investitsiya va investitsion jarayon tushunchasiga 
    amaliyotchilar har xil nuqtayi nazardan qaraydilar. Ayrim olimlar inves-
    titsiyani hali ham «kapital qo‘yilmalar», «kapital qurilish» kategori-
    yalariga tenglashtirib keladilar. Aslini olganda, investitsiya hajmi 
    jihatdan ham, rang-barangligi jihatdan ham hozir aytilgan kategoriya-
    lardan ustun turadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida «kapital qo‘yilmalar», 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    faoliyati, uning turlari va asosiy yo‘nalishlari

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish