533
14.4. Xususiy kapitalni ko‘paytirish omillarini aniqlash
Xususiy kapital tahlili uning tarkibidan joy olgan ko‘rsatkichlar hi-
sobiga o‘zgarib boradi. Har bir tarkibning o‘zgarishi ham o‘z
mazmu-
niga ko‘ra ma’lum ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi orqali amalga oshadi.
1. Ustav kapitali.
Bu schot xususiy (hissador)
kapitalining qiymati, qimmatli
qog‘ozlarning emissiyasi va joriy yil
foydasi va zarari hisobiga
o‘zgarishi mumkin.
2. Qo‘shilgan kapital.
Bu schot quyidagi hollarda o‘zgarishi mumkin:
· xususiy (hissador) kapitali qiymatining o‘zgarishi;
· muomalaga qo‘shimcha aksiyalarning chiqarilishida;
· asosiy vositalarning qayta baholanishida;
· foyda va zararlar hisobiga.
3. Rezerv kapitali ham yuqorida keltirilgan o‘zgarish
sabablari
hisobiga amalga oshadi. Faqatgina bu o‘zgarishlar tarkibiga foyda
hisobidan rezervlarga ajratilgan summalar.
4. Taqsimlanmagan foyda. Bu ko‘rsatkich korxonaning hisobot
yilida olgan sof foydasi, hissador kapitalining ko‘payish yoki kamayishi,
qimmatli qog‘ozlar
emissiyasi, rezerv uchun ajratmalar hisobiga
o‘zgarishi mumkin.
5. Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
·
hisobot davrida olingan zarar;
· qimmatli qog‘ozlar emissiyasi;
· hissador kapitalining ko‘p yoki kam bo‘lishi kabi ko‘rsatkichlar
hisobiga o‘zgarishi mumkin.
Bu o‘zgarishlar 5- shaklda ham yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:
· xususiy kapital to‘g‘risida tushuncha va uni tahlil etish maqsadi;
· xususiy kapitalning tarkibi, tuzilishi
va yil boshiga nisbatan
o‘zgarish sabablari;
· ustav fondi;
·
rezerv kapitali;
· qo‘shilgan kapital;
534
· taqsimlanmagan foyda (zarar);
· balans passivi moddalarining qarzni uzish muddatlari bo‘yicha 4
guruhga bo‘linishi;
· joriy likvidlik koeffitsiyenti;
· istiqbolli likvidlik koeffitsiyenti;
· bankrotlik alomatlari va ularni tahlil etish uslublari;
· kreditga layoqatlilikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi va ularni
tahlil etish uslubi;
·
qaramsizlik koeffitsiyenti;
· qarz va o‘z mablag‘lari nisbati;