Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet390/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

Taqsimlanmagan foyda. Bu ko‘rsatkich korxonaning hisobot yilida 
olgan sof foydasi, hissador kapitalining ko‘payish yoki kamayishi, qim-
matli qog‘ozlar emissiyasi, rezerv uchun ajratmalar hisobiga o‘zgarishi 
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyot real sektori 
korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbir-
lari to‘g‘risida»gi PF-4053-sonli farmoniga asosan, yangi tashkil 
etiladigan ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun ustav 
kapitalining eng kam miqdori 2009-yil 1-yanvardan boshlab jamiyat 
davlat ro‘yxatiga olingan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining kursi bo‘yicha ekvivalenti 400 ming AQSh dollariga teng 
summani tashkil etishi belgilandi. Faoliyat yuritayotgan ochiq va yopiq 
aksiyadorlik jamiyatlari bo‘lsa, 2010-yilning 1-yanvariga qadar ustav 
kapitallari miqdorini ular qayta ro‘yxatga olingan sanada Uzbekistan 
Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha ekvivalenti kamida 400 
ming AQSh dollariga teng summaga yetkazishlari yoki belgilangan 
tartibda boshqa mulkchilik shakliga o‘tishlari kerakligi belgilandi. 
Shunday ekan, yuqoridagi ma’lumotlarga asoslangan holda bu 
muommoni hal etish yo‘llarini izlash kerak. Ko‘rinib turibdiki xususiy 
kapital qiymatini ko‘paytirishning eng asosiy omili bo‘lib korxonaning 
hisobot yilida olgan sof foydasi hisoblanadi. Faoliyat ko‘rsatuvchi 
tashkilotlar shu omil hisobiga o‘z jamg‘armalarini oshirishi eng optimal 
variant deb qaraladi. Sababi bu omilning o‘zgarishi faqatgina korxo-
naning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, uning har tomonlama to‘liq imkoniyatlarini 
ishga solib faoliyat yuritishni talab etadi. Bundan tashqari boshqa 
ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi ham ushbu omil bilan bevosita bogliqdir. 
Korxona 
mulki, 
kapitali 
va 
majburiyatlarini 
moliyaviy 
koeffitsiyentlar orqali o‘rganish uning moliyaviy holatiga baho berishni 
yanada osonlashtiradi, albatta. Moliyaviy koeffitsiyentlar moliyaviy 


530
hisobot ko‘rsatkichlarini va birlik elementlarini o‘zaro nisbatlash asosida 
aniqlanadi. Bunda koeffitsiyent, indeks va foizlar ishlatiladi. 
Moliyaviy koeffitsiyentlarni aniqlash va uning o‘zgarishlarini 
qiyosiy taqqoslash asosida korxonaning moliyaviy holatini aniqroq 
o‘rganish va bilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Masalan: bitta korxona-
ning «moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti»ni aniqlanishiga e’tibor qa-
ratsak. Ushbu ko‘rsatkich «O‘zlik mablag‘lari manbalari»ni «Buxgalte-
riya balansi jami» ga bo‘lish asosida aniqlanadi. 
Bu ko‘rsatkich korxonaning harakatda band qilingan mablag‘ining 
qancha qismi o‘ziga tegishli ekanligini bildiradi. Ya’ni harakatdagi har 
bir so‘mning qancha qismi o‘ziga tegishli ekanligini bildiradi. 
«Koeffitsiyentlar - mulkning nisbiy darajasini tavsiflaydi» deyiladi 
Tomas P. Karlin, Albert M.Makminni «Анализ финансовых отчетов 
(на основе СААР)» kitobida. 
Korxona kapitali bilan bogliq bo‘lgan moliyaviy koeffitsiyentlar, 
ya’ni o‘z mablaglari manbayiga baho berishning nisbiy ifodalari sifatida 
quyidagi koeffitsiyentlarni o‘rganish maqsadga muqofiq bo‘lar edi: 
ü
moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti; 
ü
moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti; 
ü
qarz va o‘z mablag‘lari nisbati koeffitsiyenti; 
ü
zaxira va xarajatlarni o‘z manbalari bilan qoplanganlik 
koeffitsiyenti; 
ü
mablag‘larning 
chaqqon 
harakatchanlik 
yoki 
manyovrlashganlik koeffitsiyenti. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish