526
Shunday ekan, yuqoridagi jadval ma’lumotlariga
asoslangan holda
bu muammoni hal etish yo‘llarini topishimiz kerak. Ko‘rinib turibdiki,
xususiy kapital qiymatini ko‘paytirishning eng asosiy omili bo‘lib,
korxonaning hisobot yilida olgan sof foydasi hisoblanadi.
Faoliyat
ko‘rsatuvchi tashkilotlar shu omil hisobiga o‘z jamg‘armalarini oshirishi
eng optimal variant deb qaraladi. Chunki, bu omilning o‘zgarishi
faqatgina korxonaning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, uning har tomonlama to‘liq
imkoniyatlarini ishga solib faoliyatini boshlashni taqozo etadi. Bundan
tashqari boshqa ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi
ham ushbu omil bilan
bevosita bog‘liq. Mazkur vazifalarni hal etishda talabalar «Mahsulot
ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni
aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ni
chuqur bilishlari, unda foydani
shakllantirish muammolarini chuqur o‘rganishlari lozim