14.3. Xususiy kapital va uning samaradorligini baholash
Ko‘plab iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy tahlilning vertikal, gori-
zontal, moliyaviy koeffitsiyentlarini aniqlash, trend to‘g‘risida fikrlar
yuritilgan bo‘lib, ammo xususiy kapital tahlili bo‘yicha ma’lumotlar
bugungi kunda yetarli darajada emas.
Xususiy kapital tahlilini olib borishda asosiy axborot manbayi
bo‘lib, moliyaviy hisobot shakllari, ya’ni «Buxgalteriya balansi» (1-
shakl), «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot» (5-shakl) olinadi.
Yuqoridagi hisobot shakllarida jumladan, «Xususiy kapital
to‘g‘risida hisobot»da bir qancha noaniqliklar mavjud bo‘lib, bularga
080-satrdan keyingi ma’lumotlarni olish mumkin. Mazkur satrlarda aksi-
yalar to‘g‘risida ma’lumotlar jamlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularda
deyarli barcha (oxirgi ustundan tashqari) ustun va qatorlar to‘ldiril-
maslikni taqozo etadi. Ushbu holatni atroflicha o‘rgangan holda, bu
kamchiliklarni hal etish yo‘llarini topish lozim. Chunki moliyaviy
hisobotning bu ko‘rinishda bo‘lishi xalqaro hisob tizimi standartlari
talablariga mos kelmaydi.
Shu nuqtayi nazardan, bir qancha rivojlangan va MDH mamlakat-
larining «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot» shakllariga e’tibor bera-
digan bo‘lsak, ularda aksiyalarning chiqarilishidan kelgan kapital, rezerv
kapital, qo‘shilgan kapital va taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan
zarar) kabi ko‘rsatkichlar o‘z aksini topgan (masalan, Rossiya Federat-
527
siyasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari va h.k). Ushbu ma’lumotlar buxgal-
teriya balanslarida (1-shakl) ham o‘zgarishsiz aks ettirilgan. Lekin,
bizning moliyaviy hisobot shaklida (1-shakl) o‘z mablag‘lar manbayi
sifatida xususiy kapital ko‘rsatkichlaridan tashqari, maqsadli tushum va
fondlar, kelgusi davr sarflari va to‘lovlar uchun rezervlar kabi
ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lib, ularning harakatini aks ettiruvchi axborot
manbayi belgilanmagan.
Bu holni xususiy kapital ko‘rsatkichlarining nazariy va amaliy
jihatdan umumlashtirilmaganligi, tarmoq xususiyatlariga asosan xususiy
kapital hisobi va tahlili to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi kabi izohlashimiz
mumkin.
Korxonaning xususiy kapital holatini tahlil qilishda koeffitsiyentlar
usuli eng ko‘p qo‘llanilib, ushbu usul asosida tahlilning olib borilishi
rivojlangan mamlakatlar amaliyotida keng tarqalgan. Jumladan, Belorus
iqtisodchilaridan biri G.Savitskayaning fikricha: «Kapitaldan samarali
foydalanishni uchta asosiy ko‘rsatkichlar orqali baholash mumkin, ular:
- jami mablag‘lar manbayining rentabelligi;
- kreditorlar kapitalining daromadliligi;
- xususiy kapital rentabelligi».
Savitskaya G. V. tomonidan berilgan fikrlar xususiy kapital tahlilini
qisman ochib beradi. Xususiy kapital tahlilini unga ta’sir etuvchi omil-
larning uzviy bog‘liqligi asosida o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar
edi. Shu sababdan xususiy kapital rentabelligi (foydaliligi) ni, uning
natijaviyligi va daromadliligi asosida o‘rganib, xususiy kapitalning
shakllanishida muhim o‘rin tutgan omillarning ijobiy hamda salbiy oqi-
batlari yuzasidan asosli qarorlar qabul qilishni yo‘lga qo‘yish maqsadga
mufofiqdir.
Bozor iqtisodiyotida xususiy mulkchilik turlarining shakllanishi,
xususiy kapital bahosini o‘rganishni talab etadi. Lekin shunga qaramas-
dan respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda xususiy
kapitalning bahosi yetarlicha o‘rganilmagan.
Bundan tashqari bir qancha adabiyotlarda korxona aksiyalari
qiymati va daromadliligini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar keltirilgan
bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlar tahlili yordamida korxona nufuzi va xususiy
kapitaliga atroflicha baho berish mumkin. Jumladan:
1. Bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda (F
a
):
528
a
Sof foyda - imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar
f
Muomaladagi oddiy aksiyalar soni
Bu ko‘rsatkich muomaladagi bir oddiy aksiyaga qancha sof foyda
to‘g‘ri kelishini bildiradi.
2. Bir aksiyaning balans qiymati (BQ
a
):
q
q
a
m
AK - IA
BQ
AS
|