537
Test savollari:
1. Ustav kapitali balansning qaysi bo‘limida ko‘rsatiladi?
a) passiv tomon – 1-bo‘limda;
b) aktiv tomon – 1-bo‘limda;
d) passiv tomon – 2-bo‘limda;
e) aktiv tomon – 2-bo‘limda;
f) manba sifatida passiv – 1-bo‘limda, mablag‘ sifatida aktiv – 1 va
2-bo‘limlarda.
2. Xususiy kapital qatoriga kiruvchi mablag‘lar:
a) ustav kapitali, taqsimlanmagan foyda;
b) zaxira kapitali, qo‘shilgan kapital;
d) taqsimlanmagan foyda;
e) ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali, taqsimlanmagan
foyda, qoplanmagan zarar;
f) ustav kapitali, zaxira kapitali, qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan
foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar va moliyalashtirishlar,
kelgusi davr bo‘yicha to‘lovlar zaxiralari.
3. O‘z mablag‘lari deganda nimani tushunasiz?
a) korxonaning o‘ziga tegishli mablag‘lari;
b) qarzga olingan (uzoq muddatga) mablag‘lar;
d) mahsulot sotishdan olingan daromadlar;
e) majburiyatlar qoplanishidagi ortiqcha mablag‘lar;
f) hukumat tomonidan subsidiya sifatida berilgan mablag‘lar.