Mo’minov xusan 072-19 guruh




Download 0,52 Mb.
bet3/7
Sana26.07.2024
Hajmi0,52 Mb.
#268671
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mo\'minov Xusan Kiber huquqdan mustqil ish 1.pdf

MUHOKAMA VA NATIJALAR


“Elektron tijorat” termini EDI (Elektronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida Elektron kommersiya tizimi uch sinfga bo‘linadi:

  • Chakana savdoni tashkil qilishbo‘yicha (biznes-iste’molchi, B2C); ➢ Biznes hamkor bilan aloqlar o‘rnatish (biznes-biznes, B2B);

  • Iste’molchilar o‘rtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C); Elektron tijoratning o‘ziga xos qulayliklari va ustunliklari mavjud:

  • Xalqaro operatsiyalarda axborot olish tezligi oshadi;

  • Ishlab chiqarish va sotish davri qisqaradi;

  • Arzon kommunikatsion vositalardan foydalanish evaziga axborot almashish xarajatlari kamayadi.

Kompaniya axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash orqali iste’molchibilan ochiq munosabat o‘rnatish, mahsulot va xizmatlar to‘g‘risida hamkor va mijozlarni tezkor axborot bilan ta’minlash, sotuvning alternativ yo‘llarini, misol uchun tijorat saytlarida elektron do‘konlar ochish va yaratish imkoni beradi.[7]
O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish jarayonlari amalda
Bugungi kunga kelib, O‘zbekistonda davlat organlari elektron tijoratni rivojlantirishda, dunyo tajribasida keng qo‘llanilgan quyidagi prinsiplarga amal qilishmoqda.
Elektron tijoratni rivojlantirishda korpoorativ sektor faol rol o‘ynashi lozim;

  • Elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan asoslanmagan turli cheklovlar qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaslik lozim;

  • Davlat hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, ushbu soha subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish maqsadida aralishishi mumkin;

  • Elektron tijoratni boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda davlat hokimiyati Inernetning o‘ziga xosliklarini inobatga olishi lozim;

  • Elektron tijorat jarayoni ma’muriy-hududiy bo‘linish va davlat chegaralariga bog‘liq bo‘lmagan ravishda, global masshtabda sodir bo‘lishi lozim.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish bilan bir qatorda bu sohaning takomillashishiga to‘sqinlik qilayotgan bir qancha muammolar ham mavjud. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Chunki aynan quyidagi yechimini kutayotgan masalalar jahon tajribasida keng tarqalgan bo‘lib, ularning to‘gri hal qilinmasligi oqibatida bu sohada jiddiy inqirozlar vujudga kelishi mumkin.[6]
Birinchidan, zarur infrastrukturaning hali ham yetarli darajada takomillashgmagani. Quyida bir nechta misollar keltiramiz:

  • internetning global tarmog‘i bilan to‘gridan-to‘g‘ri bog‘langan provayderlar soni cheklangan miqdorda va buning natijasida internet mijozlarga provayder o‘rtasida biridan ikkinchisiga tashish orqali yetkazilmoqda, ma’lumki bunday holat xizmat ko‘rsatishning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

  • viloyatlarda ko‘rsatilayotgan internet xizmatining sifat ko‘rsatkichlari poytaxtdagi holat bilan solishtirganda sezilarli darajada yomon. Ajratilgan ulanish (ADCL modem) uchun yetarli shart-sharoitning yaratilmaganligi natijasida mijozlar to‘gridan to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qilish orqali (Dial-up) ulanishdan foydalanishadi. Bu o‘z navbatida xizmat sifatining yetarli darajada bo‘lmasligiga olib keladi.

Ikkinchidan, internet foydalanuvchilarining miqdori shunday darajadaki, bu holat elektron tijorat bilan shug‘ullanish uchun zarur bo‘lgan yirik bozor yaratish imkonini bermaydi (O‘zbekiston bo‘yicha internet foydalanuvchilarining soni 2,5 mln. dan ortiq 4). To‘gri oxirgi yillarda bu sohada bir qancha ijobiy natijalarga erishilmoqda, lekin bu faqatgina ma’lum bir hududlarda (asosan poytaxt va ba’zi bir viloyat markazlar) o‘smoqda. Ko‘pchilik viloyatlarda bunday holat haligacha muammoligicha qolmoqda. Ma’lumki, yetarlicha hajmdagi bozorga ega bo‘lmasdan turib elektron tijorat faoliyatini yuritish ixtiyoriy tadbirkor uchun zarardir.
Uchinchidan, jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlaridan on-line to‘lovni amalga oshirishni ta’minlaydigan ishonchli tizimning rivojlanmaganligi. Banklarimiz tomonidan chiqarilayotgan plastik kartochkalardan faqatgina maxsus terminallardan foydalanib to‘lovni amalga oshirishimiz mumkin, xalqaro tajribada esa plastik kartochkalar yordamida, to‘lovni qabul qilish uchun o‘rnatilgan maxsus modullar orqali, to‘g‘ridan to‘g‘ri on-line do‘konlarda to‘lovni amalga oshirish mumkin.
Asosiy muammo shundaki, O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun on-line banking xizmati keng tarqalmadi. On-line banking bank mijozlari uchun internet tarmog‘ida yoki mobil aloqa yordamida o‘z hisoblarini boshqarish va to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bir necha banklar tomonidan taklif etilayotgan SMS-banking bir tomonlama bo‘lib, faqatgina hisob va operatsiyalar tarixi haqida ma’lumot olish uchun mo‘ljallangan. Bu holat elektron tijoratning rivojlanishiga eng katta to‘siq bo‘layotgan muammolardan biridir.
To‘rtinchidan, mavjud internet-do‘konlar faoliyatida yetarli professionallik darajasi yetishmaydi. Ushbu o‘rinda electron tijorat jihatidan Markaziy Osiyo davlatlarinining tajribasiga to‘xtalib o‘tishimiz maqsadga muvofiq. Markaziy Osiyo ulkan elektron tijorat salohiyatiga ega, chunki mobil qurilmalarga kirish va Internet o‘sishda davom yetmoqda, ayniqsa raqamli to‘lovlarning ommaviyligi oshishi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarining kuchayishi va umuman iqtisodiy tiklanish yuqori. Shu bilan birga, ushbu salohiyatning aksariyati Markaziy Osiyoning moliyaviy innovatsiyalar va elektron tijorat imkoniyatlari kam bo‘lgan rivojlanayotgan mintaqa ekanligidan dalolat beradi. O‘zimizni to‘liq ifoda yetgan holda, moliyaviy inklyuziya va amaliy elektron tijorat yechimlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bilan bog‘liq muammolarni hal qiladigan keng qamrovli milliy rivojlanish rejalariga ehtiyoj bor.

Download 0,52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,52 Mb.