|
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
|
bet | 2/7 | Sana | 26.07.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #268671 |
Bog'liq Mo\'minov Xusan Kiber huquqdan mustqil ish 1.pdf
Yurtimizda elektron tijorat sohasidagi munosabatlarning normativ-huquqiy asoslari yaratilgan. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”, “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi va boshqa Qonunlar ana shular jumlasidandir. Ushbu huquqiy hujjatlar asosida elektron bank hujjat aylanishi elektron plastik kartochkalar kabi tizimlar amaliyotga izchil joriy etilayapti. Barchaga ma’lumki, keyingi yillarda, yurtimizda iqtisodiyotning jadal rivojlanishi kuzatilmoqda. Natijada elektron tijoratning ahamiyati tobora oshib, aholining ushbu soha xizmatlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlari yuksalib borayapti. Shak-shubhasiz, elektron tijorat bozorini taraqqiy toptirish axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanib, tegishli mexanizmlarni kengroq joriy qilish, eng avvalo, elektron tijorat sohasining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish zaruratini kun tartibiga olib chiqdi. Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi kutilayotgan yangi tahrirdagi “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun ham ana shu talab va ehtiyojlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgani bilan ahamiyatlidir.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham ushbu soha rivojiga kata hissa qo‘shib kelmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, normative-hujjatlar elektron tijoratni rivojlantirish uchun yangi huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy va texnik sharoitlar yaratadi. U tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish imkonini beradi. Elektron tijoratni yanada rivojlantirishga, elektron savdoda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga, bitimlarni tuzish tartib-taomillarini soddalashtirishga, elektron tijorat ishtirokchilari huquqlarini ro‘yobga chiqarishning huquqiy mexanizmlarini o‘rnatish va muhofaza etishga xizmat qiladi. Mazkur Qonun respublikada elektron tijoratni yanada keng joriy etishga huquqiy zamin yaratib, savdo operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar (tranzaksiya xarajatlari)ni kamaytiradi. Elektron tijorat subyektlarining biri-biridan geografik uzoqligi bilan bog‘liq muammolarni hal qiladi. Sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezkor ravishda shartnomaviy munosabatlarni o‘rnatish uchun sharoit tug‘diradi. Jumladan, bozorda yangi ishtirokchilarning paydo bo‘lishida muhim omilga aylanadi. Qolaversa, u tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanishi, xalqaro standartlarga javob beradigan texnologik bozor infratuzilmasini yaratishga qo‘shimcha imkon beradi.
Ilmiy maqolani tayyorlashda umumlashtirish, deduksiya, tizimli yondashuv, qiyosiy-huquqiy tahlil, statistik va amaliyot materiallarini o‘rganish kabi usullardan foydalanilgan.
|
| |