|
Mo’minov xusan 072-19 guruh
|
bet | 4/7 | Sana | 26.07.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #268671 |
Bog'liq Mo\'minov Xusan Kiber huquqdan mustqil ish 1.pdfQirg‘iziston. Mamlakat 2021-2025 yillarda elektron tijoratni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqmoqda va Iqtisodiyot va Moliya vazirligi turli platformalarda o‘zi uchun zarur bo‘lgan huquqiy bazani va soliqlarni tartibga solishni muhokama qilmoqda. Elektron tijorat sohasi Qirg‘iziston iqtisodiyotining salohiyatli yo‘nalishlaridan biridir. 2019-yilda iqtisodiyot vazirligi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati ko‘magida Qirg‘iziston Respublikasining "Elektron tijorat to‘g‘risida"gi Qonuni loyihasini va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatining "Elektron tijorat to‘g‘risida" gi Qonuni loyihasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori loyihasini taqdim etdi. Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilib, unda quyidagi masalalar muhokamaga qo‘yildi:[3]
elektron tijoratning huquqiy shartlari.
elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari;
elektron hujjatlar yordamida bitimlar tuzish qoidalari; 4. elektron hujjatlarni dalil sifatida tan olish kabi masalalar.
Qonun loyihasi, Iqtisodiyot vazirligida ta'kidlanganidek, elektron tijoratda yuzaga keladigan barcha munosabatlarni tartibga soladi. Qonun loyihasiga ko‘ra elektron tijorat sohasidagi huquqiy munosabatlar ishtirokchilari quyidagilar bo‘lishi mumkin: auksion, tanlov va tenderlar tashkilotchilari; to‘lov tizimi operatorlari; aloqa operatorlari (provayderlari); banklar; davlat va nodavlat tashkilotlari; jismoniy yoki yuridik shaxslar.
Turkmaniston. Mazkur tendensiya Turkmaniston respublikasida o‘sib borayotgan bo‘lsada, ammo ushbu munosabatlarni huqququiy jihatdan tartibga soluvchi normative mavjud emas edi. 2020-yil 20-may kuni Osiyo taraqqiyot banki instituti, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik instituti (CAREC) va Shanxay buxgalteriya hisobi Milliy instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan videoseminar mintaqasida elektron tijoratning me'yoriy-huquqiy bazasini rivojlantirish masalalari kun tartibiga qo‘yildi. Turkmanistonda milliy normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish, zamonaviy boshqaruv uslublarini joriy etishga qaratilgan moliyaviy-iqtisodiy sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari taqdim etildi. Shunga so‘ng, 2020- yil 13-yanvarda Turkmaniston elektron tijoratni tartibga solish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlayotgani e'lon qilindi.[3]
|
| |