|
Mo’minov xusan 072-19 guruh
|
bet | 1/7 | Sana | 26.07.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #268671 |
Bog'liq Mo\'minov Xusan Kiber huquqdan mustqil ish 1.pdf
Muxammad al xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogialri universiteti
Mavzu: 13- Elektron toʻlovlarni amalga oshirishning huquqiy asoslari.
Guruh: 072-19
Bajardi: Mo’minov Xusan anvar o’g’li
TOSHKENT 2024
O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNING HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi elektron tijorat munosabatlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan. Bundan tashqari ushbu munosabatlarning Markaziy Osiyo mamalakatlari doirasidagi huquqiy holati hamda rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari O‘zbekiston elektron tijorat munosabatlarini tartibga solishning zarurati, ushbu sohadagi muammo va kamchiliklar tahlil qilingan. Ushbu tahlillar natijasida O‘zbekistonda elektron tijorat huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan bir qancha tajklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: elektron tijorat, e-tijorat, e-pay, O‘zbekiston, smart shartnomalar, blokchein texnologiyalari.
KIRISH
Jahon hamjamiyatining ko‘zlangan rivojlanish va farovonlikka erishish uchun, axborot texnologiyalariga (AT) bo‘lgan ehtiyoji katta sur’atlar bilan oshib borayapti. Iqtisodiy o‘sishning faollashuvi, dunyo aholisi yashash darajasining yaxshilanishi axborot texnologiyalarining kundalik hayotimizga singib ketagani natijasidir. Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki erkin axborot oqimining ta’minlanishi bozor
iqtisodiyotiga o‘tishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni oshiradi.[1]
O‘zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojalnishi oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa elektron tijoratning ahamiyati juda oshdi. Bugungi kunga kelib, har bir internet foydalanuvchisi elektron tijorat so‘zining ma’nosini tushunishga harakat qilib ko‘rgan. Hali o‘zining uzoq tarixini qurishga ham ulgurmagan bunday faoliyat bilan bog‘liq AQSh bozorlarida yiliga o‘rtacha 1,5-2 trln. AQSh dollari miqdorida mablag‘lar aylanadi. [2]
Axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodda ham o‘z aksini topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda iqtisodda, ayniqsa tadbirkorlik sohasida erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qo‘llanishi yotadi. O‘zbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta. Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir qator
segmentlari masalan, ma’lumotlar yetkazish tarmoqlari, axborot internet-resurslari va ular orasidagi elektron hujjat almashuv, biznes va tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin. O‘zbekiston uchun axborot texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim standartlarining oshishi, milliy telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyalashuvi, huquqiy bazaning shakllanishi oqibatida vujudga keladigan jamiyatning ma’lum darajadagi informatsion tayorligi mavjud bo‘lgan holatdagina sodir bo‘ladi.
|
| |