• Kalit sozlar
  • Motorik qobiliyatni rivojlantirishga asoslangan dasturlarning koordinatsiyasida muomosi bo’lgan bolalarga ta’siri




    Download 57.43 Kb.
    bet1/4
    Sana29.05.2023
    Hajmi57.43 Kb.
    #66677
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Motorik qobiliyatni rivojlantirishga asoslangan dasturlarning koordinatsiyasida muomosi bo’lgan bolalarga ta’siri
    7-maruza, Asal, 2021 Itimoiy ish 16 aIshchi Dastur — копия 10 — копия, 17-Amaliy mashgulot, 6-ma\'ruza. Furyе qatоrining yaqinlashishi, Antarktda, Magnitomexanik hodisalar, 1.8, Abdulahad Muhammadjonov. Qadimgi Buxoro (2001), yillik hisobot rasmsiz, Oqsillar, Stajirovka rejasi 2-илова, file (2), Ekinlarni sug\'orish asoslari (Z.Artukmetov), Sanoq sistemalar

    Motorik qobiliyatni rivojlantirishga asoslangan dasturlarning koordinatsiyasida muomosi bo’lgan bolalarga ta’siri
    Quvondiq Raximov
    UrDU o’qituvchi

    Annotatsiya


    Tadqiqotning vazifalari jismoniy rivojlanishida muammosi bo’lgan bolalarga qo’llanilgan davolov dasturlari va ushbu muammoning maktabgacha yoshdagi og`il va qiz bolalarga ta'siri bo'yicha mavjud ilmiy ishlar va adabiyotlarni ko'rib chiqishga qaratilgan. To'rtta ma'lumotlar bazasi (Web of Science, Scopus, Google Scholar, PubMed) muntazam ravishda ko’rib chiqildi va tahlil qilindi. Ilmiy ishlar orasida «DCD» (Xalqaro termin “Koordinatsiyani rivojlanishing buzulishi”)ni o'rganishga qaratilgan va davolov dasturlari orqali bolalarning motorik qobiliyatlarini rivojlantirish asosiy maqsad qilib olgan ishlar ajratib olindi. Dastlabki ilmiy tadqiqotlar 4 muallif tomonidan yaratilgan tadqiqotlarning muvofiqligi mustaqil ravishda baholab borildi. Elektron ma'lumotlar bazalari kuzatilib, yuqorida ta`kidlab o’tilgan mezonlarga javob beradigan 39 ta ilmiy tadqiqot ishlari topildi va EndNotx9 dasturiga kiritish orqali tadqiqotning bazasi shakllantirildi. Olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, ilmiy ishlarning aksariyat qismida qo'llanilgan davolov dasturlari jinsga qanday ta'sir qilganligi to'g'risida ma'lumot berilmagan. Ammo, tahlillar natijasi «DCD»ning foiz ko'rsatkichi qizlarga qaraganda o'g'il bolalar orasida ko'proq uchrashi aniqlandi.

    Kalit so'zlar: “Develomental coordination disorder” («DCD»), Motorik mahoratini oshirish dasturi, MABC2 instrumenti.

    Kirish
    Koordinatsiyani rivojlanishining buzilishi - bu umumiy, surunkali kasallik bo'lib, maktabgacha va maktablarda ko'p holatda e`tiborsiz tarzda qaraladi. «DCD» “DSM 5”-ning eng so'nggi nashrda "Neyroelemental buzilishlarning motorik kasalliklari" kichik toifasi ostida tavsiflanadi (American Psychiatric Association, 2013) unga ko`ra, sezilarli darajadagi koordinatsiyani rivojlanishing buzilishi ilmiy yutuqlarga va kundalik ishlarga halaqit beradigan holat sifatida tavsiflanadi. Diagnostikaning to'rtta mezoniga «DCD» quyidagi toifalar kiradi:
    A. Harakatlanishning muvofiqlashtirishni talab qiladigan kundalik hayot faoliyatida ishlash, insonning xronologik yoshi va aql-idrokini taqqoslaganda kutilganidan ancha past bo’ladi. Bu motorik qobiliyatlarning muhim bosqichlarini bajarishda (masalan, yurish, sudralib yurish, o'tirish), narsalarni tashlab yuborish, sport mashg`ulotlarida sustkashliklar yoki yozish qobiliyatini yomonlashuvi;
    B. Mezonning buzilishi akademik yutuqlarga yoki kundalik faoliyatga seziladigan darajada halaqit beradi;
    C. Ushbu muammo umumiy tibbiy holatga bog'liq emas (masalan, miya yarim falaj, mushak distrofiyasi) va «DCD» mezonlariga kirmaydi;
    D. Agar aqliy zaiflik mavjud bo'lsa, «DCD» mezonlariga kirmaydi.

    Koordinatsiyani rivojlanishning buzilishi («DCD») - bu taxminan 6% bolalarga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan holat (Amerika Psixiatriya Assotsiatsiyasi, 2013) va «DCD» etiologiyasi hali ham yaxshi tushunilmagan bo'lsa-da, mavjud dalillar shuni ko'rsatdiki, asosiy kamchiliklar motorik qobiliyatlarni boshqarishda va o'qish jarayonida, harakatlanish bilan bog'liq jarayonlarda namoyon bo'lishi ta`kidlab o’tilgan. (Wilson va boshqalar., 2013; Adams va boshqalar., 2014). Ushbu koordinatsiyani rivojlanishining buzilishiga bog’liq atamalar bo’yicha juda ko'p chalkashliklar mavjud edi. Faqat 1994 yilgacha «DCD» atamasi qabul qilindi va uni tavsiflash, baholash va boshqarish bo'yicha global Konsensusga erishildi (Polatajko va boshq., 1995). Shu vaqtdan boshlab, «DCD» natijasida kelib chiqadigan harakatlanishdagi tanqislikni tushunish sezilarli darajada yaxshilandi.


    Tadqiqotchilar bolalarni koordinatsiya qobiliyatini baholashni erta boshlashlari kerak, chunki ular qanchalik tezroq aniqlansa, ular davolov dasturlaridan tezroq foyda ko'rishadi va shu bilan simptomlarni kamaytirishga erishish mumkin. Shu bilan birga «DCD» bilan kasallangan bolalarni o'rganish shuni ko'rsatdiki, «DCD» miqdori o'g'il bolalar orasida qizlarga qaraganda ko'proq uchrashi (Barnhart va boshq., 2003) ta`kidlab o’tilgan. Shunga o'xshash ma'lumotlarda (Child Assessment Service, 2008) «DCD» darajasi o'g'il bolalarda qizlarga qaraganda yuqoriroq ekanligi ma`lum bo`ldi, Gonkongda bolalarning qizlarga nisbatan nisbati 3:1 va 4:1 orasida bo’lishi ta`kidlab o’tilgan. Qo'shimcha toplangan boshqa manbaalardan ma`lum bo`ldiki, ko'rsatkichlar bo'yicha gender farqlar barcha tadqiqotlar bo'yicha izchil bo'lgan, chunki o'g'il bolalar katta motorik mashqlarni yanada muvaffaqiyatli va oson bajarishar ekan, qizlar esa kichik motoric mashqlarni. Muvozanatdagi farqlar aniq emas, chunki ushbu parametr uchun natijalar umumiy. Harakat (Dvigatel) kompetentsiyasidagi gender farqlari bir nechta vositalar yordamida topilganligi va shularning ichida MABC yoki MABC 2 instrumenti bolalarning harakatlanish koordinatsiyasini baholash uchun eng rivojlangan vositalardan biri bo'lganligi aniqlandi. Maqolalarni qayta ko'rib chiqishdan asosiy maqsad, davolov dasturini genderga ta'sirini isbotlashga yo`naltirilgan mavjud adabiyotlarni ko'rib chiqishga qaratilgan.



    Download 57.43 Kb.
      1   2   3   4




    Download 57.43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Motorik qobiliyatni rivojlantirishga asoslangan dasturlarning koordinatsiyasida muomosi bo’lgan bolalarga ta’siri

    Download 57.43 Kb.