• Qo‘llash usuli.
  • 1.3. Vaziyatli masala
  • Muammoli vaziyat




    Download 0.71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/26
    Sana23.05.2022
    Hajmi0.71 Mb.
    #21662
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    O\'tkirov Behruz, 1-ШЎЪБА, yangi maqola talaba bilan Homidov
     
     
    “Aqliy hujum” usuli 
     
    Dars jarayonida “aqliy hujum”dan maqsadli foydalanish ijodiy, andozasiz 
    tafakkurlashni rivojlantirish manbai hisoblanadi. “Aqliy hujum”ni uyushtirish sodda 
    bo‘lib, undan ta’lim mazmunini o‘zgartirish jarayonida, ishlab chiqarish 
    muammolari echimini topishda ham foydalanish mumkin. Dastlab guruh yig‘ilib, 


    ular oldiga muammo qo‘yiladi. Bu muammo echimi to‘g‘risida ishtirokchilar o‘z 
    fikrlarini bildirishadi. Bu bosqichda hech kimning o‘zgalar g‘oyasiga “hujum” 
    qilishi yoki baholashiga haqqi yo‘q. Demak, “aqliy hujum”da qisqa vaqtda o‘nlab 
    g‘oyalarning yuzaga chiqish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Aslida, g‘oyalar soni 
    maqsad emas, ular muammo echimi uchungina asos bo‘ladi. Bu metod shartlaridan 
    biri qatnashuvchilarning har biri tashqi ta’sirsiz faol ishtirokchi bo‘lishi kerak. 
    Vazifasi . “Aqliy hujum” qiyin vaziyatdan qutulish choralarini topishga
    muammoni chegarasini kengaytirishga, fikrlar xilma-xilliga erishishga va tafakkur 
    doirasini kengaytirishga imkon beradi. Eng asosiysi, muammoni echish jarayonida 
    ijodiy hamkorlik kuchayib, guruh (auditoriya) yanada jipslashadi. 
    Qo‘llash usuli. “Aqliy hujum” ishtirokchilari muammo bo‘yicha mulohaza – 
    takliflarni bildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar yozib olinadi. Metod samarasi 
    fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflanadi va ular tanqid qilinmaydi, qaytadan 
    ifodalanmaydi. “Aqliy hujum” tugagach, eng yaxshi takliflar birlashtirib, 
    muammoni echish uchun zarurlari tanlanadi.
     
    1.3. Vaziyatli masala 
    Toshkent shahridagi OTMdan birining auditoriyalaridan biriga dars jarayonidan 
    tashqi ko‘rinishi shubhali bir yosh yigitning kirib qolgani kuzatilgan. Dars olib 
    borayotgan o‘qituvchi uning darsda o‘tirishiga ruxsat bergan. Notanish yigit dars 
    asnosida o‘qituvchiga diniy savollar bilan murojaat qilgan, ayrim savollarga 
    o‘qituvchi javob olmasligi o‘zaro kelishmovchilikka sabab bo‘lgan. Mazkur 
    yigitning vaziyati ekspertlar tomonidan prozelitizmning olib keluvchi holat deb 
    baholangan.

    Download 0.71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 0.71 Mb.
    Pdf ko'rish