|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalar universiteti “Radio va Mobil aloqa” fakulteti 830-20 guruh talabasi Kurambayev Ruslanning optik aloqa tizimlari fanidan mustaqil ishi
|
bet | 1/3 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 1,02 Mb. | | #134953 |
Bog'liq optika Muhammad al-xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalar universiteti “Radio va Mobil aloqa” fakulteti 830-20 guruh talabasi Kurambayev Ruslanning optik aloqa tizimlari fanidan mustaqil ishi Mustaqil ish mavzusi : optik aloqa tizimlarida qo’llaniladigan fotoqabullagichlar Reja: 1. Fotoqabul qilgichlarning ish prinsipi va ularga qo'yiladigan talablar. 2. Fotoqabul qilgichlarning xarakteristika va parametrlari. 3. Fotoqabul qilgichlarning turlari. p-i-n fotodiodlar, ko'chkili fotodiodlar. 4. Qabul qiluvchi optik modul. Reja: 1. Fotoqabul qilgichlarning ish prinsipi va ularga qo'yiladigan talablar. 2. Fotoqabul qilgichlarning xarakteristika va parametrlari. 3. Fotoqabul qilgichlarning turlari. p-i-n fotodiodlar, ko'chkili fotodiodlar. 4. Qabul qiluvchi optik modul. Fotoqabul qilgichlarning ish prinsipi va ularga qo'yiladigan talablar - Оptik signallarni elektr signallariga aylantirish uchun fotoqabulqilgichlar qo'llaniladi. So'ng bu signallar fotoqabulqilgichni elektr qurilmalarida kuchaytiriladi va qayta ishlanadi. Fotoqabulqilgichlar
- -talab etiladigan polosa kengligiga,
- -dinamik diapazonga, tezkorlikga (10˅-9÷10˅-10)
- -sezgirlikka,
- -tola bilan puxta bog'lanish uchun etarli o'lchamga ega bo'lishi,
- -tashqi muhit o'zgarishlariga sezgir bo'lmasligi,
- -xizmat muddati esa yuqori bo'lishi kerak. Bu talablarga yarim o'tkazgichli fotodiodlar (FD) to'liqroq javob beradi.
- OA tizimlarida p-i-n FD va ko’chkili FD turlari keng tarqalgan.
Teskari ulanishli p-n-o'tishga h× energiyali fotonlar uch holatda yutilib, elektron-kovak juftligini hosil qilishi mumkin: 1. aktiv sohada yutilish; 2. p-sohada yutilish; 3. n-sohada yutilish. Birinchi holatda elektron-kovak juftligi aktiv sohada hosil bo'ladi va kuchli elektr maydon ta'siri natijasida juftliklar bo'linib, elektronlar n-sohaga, kovaklar p-sohaga harakat qiladi. Tashuvchilarni harakati natijasida Ryu-yuklama qarshiligidan elektr toki oqib o'tadi. Ikkinchi va uchinchi holatlarda elektron-kovak juftligi p-va n-sohalarda hosil bo'ladi. Bu sohalarda elektr maydon amalda mavjud emas, natijada tashuvchilarni o'tishga harakati asosan faqatgina diffuziya hisobiga bo'lishi mumkin. Agar p-n-o'tishgacha bo'lgan masofa diffuziya uzunligidan katta bo'lsa, unda aktiv sohaga borishga ulgurib etmay, hosil bo'lgan juftliklar rekombinasiyalanib bo'ladi. Agar bu masofa kichik bo'lsa, katta ehtimollik bilan juftliklar aktiv sohaga etib boradi va kuchli elektr maydon ta'sirida bo'linadi va elektron (yoki kovak) tezda aktiv soha orqali boshqa sohaga qarab harakat qiladi. Bunda ham Ryu orqali oqib o'tuvchi elektr toki hosil bo'ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalar universiteti “Radio va Mobil aloqa” fakulteti 830-20 guruh talabasi Kurambayev Ruslanning optik aloqa tizimlari fanidan mustaqil ishi
|