|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalar universiteti “Radio va Mobil aloqa” fakulteti 830-20 guruh talabasi Kurambayev Ruslanning optik aloqa tizimlari fanidan mustaqil ishi
|
bet | 2/3 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 1,02 Mb. | | #134953 |
Bog'liq optika Birinchi holatda elektron-kovak juftligi aktiv sohada hosil bo'ladi va kuchli elektr maydon ta'siri natijasida juftliklar bo'linib, elektronlar n-sohaga, kovaklar p-sohaga harakat qiladi. Tashuvchilarni harakati natijasida Ryu-yuklama qarshiligidan elektr toki oqib o'tadi. Ikkinchi va uchinchi holatlarda elektron-kovak juftligi p-va n-sohalarda hosil bo'ladi. Bu sohalarda elektr maydon amalda mavjud emas, natijada tashuvchilarni o'tishga harakati asosan faqatgina diffuziya hisobiga bo'lishi mumkin. Agar p-n-o'tishgacha bo'lgan masofa diffuziya uzunligidan katta bo'lsa, unda aktiv sohaga borishga ulgurib etmay, hosil bo'lgan juftliklar rekombinasiyalanib bo'ladi. Agar bu masofa kichik bo'lsa, katta ehtimollik bilan juftliklar aktiv sohaga etib boradi va kuchli elektr maydon ta'sirida bo'linadi va elektron (yoki kovak) tezda aktiv soha orqali boshqa sohaga qarab harakat qiladi. Bunda ham Ryu orqali oqib o'tuvchi elektr toki hosil bo'ladi. Fotoqabul qilgichlarning xarakteristika va parametrlari - Agar har bir yutiladigan kvant elektron-kovak juftligini hosil qilsa, Ryu orqali oqib o'tuvchi I elektr tokining o'rtacha qiymati:
- I=q•N=q (P/ h×) bu yerda q-tashuvchi elektron zaryadi, q=1,6 × 10-19 Kl; N-tashuvchilar soni; P-optik nurlanish quvvati, Vt; h× kvant energiyasi, Vt×s yoki kVt×soatda o'lchanadi.
- Elektronlarni valent zonadan o'tkazuvchanlik zonaga o'tishi uchun yutilayotgan h× kvant energiyasi man etilgan soha kengligidan katta h× ≥ Δ Wm.e.s bo'lishi kerak.
Vaqt doimiysi - foto qabul qilgichning tezkorligini xarakterlaydi va u aktiv soha kengligiga, to'lqin uzunligiga, shuningdek tashuvchilar diffuziya oqibatida yoki elektr maydon ta'sirida harakat qilishiga bog'liq. FD ni xarakterlovchi eng muhim ko'rsatkichlardan biri bu xususiy shovqinlar sathi hisoblanadi. Shovqinlar regenerasiyalash punktlari orasidagi masofaga ta'sir qiladi. FD da drob shovqinlari asosiy shovqin omili hisoblanadi. Drob shovqinlarining toki: I dr.sh = 2qI0 = 2qI0B bu yerda, q-elektron zaryadi; I0 - FDdan doimiy oqib o'tuvchi tok qiymati; - chastota polosasi kengligi; B - uzatish tezligi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalar universiteti “Radio va Mobil aloqa” fakulteti 830-20 guruh talabasi Kurambayev Ruslanning optik aloqa tizimlari fanidan mustaqil ishi
|