• 2- Bob. MOBIL RADIOTELEFON ALOQASI 2.1. Sotali aloqa tizimlarining rivojlanishi Barcha
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/117
    Sana11.08.2024
    Hajmi3,49 Mb.
    #269375
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   117
    Bog'liq
    Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    72 
    2- Bob. MOBIL RADIOTELEFON ALOQASI 
     
    2.1. Sotali aloqa tizimlarining rivojlanishi 
     
    Barcha
     
    xohlovchilarga xizmatlarni taqdim etgan birinchi 
    radiotelefon aloqasi tizimi o‘z ishlashini 1946 yilda Sent-Luis (AQSh) 
    shahrida boshlagan. Bu tizimda qo‘llanilgan radiotelefonlar oddi qayd 
    etilgan kanallarni ishlatgan. Agar kanal band bo‘lsa, u holda abonent 
    qo‘lda boshqa bo‘sh kanalga qayta ulangan. Apparatura ishlatishda 
    juda katta noqulay bo‘lgan. Markaziy radiobog‘lama juda katta 
    quvvatli yuqori chastotali signallarni 100 kmga uzatgan. Xizmat 
    ko‘rsatish eng yaxshi holda mos bo‘lgan. Telefon tizimi 40 MGs 
    chastotalar polosalari kengligili chastotaviy modulyatsiyalash tamoyili 
    bo‘yicha ishlaydigan 11 ta kanallarni taqdim etgan. Keyin mos 
    ravishda 152- va 454-MGs chastotalar polosalari kengligili 11 va 12 ta 
    kanallarni egallaydigan ikkita yaxshilangan (IMTS-MJ va –MK) 
    tizimlari taqdim etilgan. Chastotaviy modulyatsiyalash texnologiyasi 
    va undan foydalanish takomillashtirilgan, radiokanallar torroq 
    bo‘lgan. Eng oldingi mobil telefonlarga 3kGs chastotali ovoz signalini 
    uzatilishi uchun 120 kGs chastotalar spektri zarur bo‘lgan
    Texnikaning rivojlanishi bilan radiotelefon aloqasi tizimlari 
    takomillashib bordi, qurilmalarning hajmlari kamaydi, yangi 
    chastotalar diapazonlari o‘zlashtirildi, asosiy va kommutatsion 
    qurilmalar yaxshilandi, xususan, bo‘sh kanalni avtomatik tanlash 
    funksiyasi (trunking) paydo bo‘ldi. Lekin radiotelefon aloqasiga juda 
    katta ehtiyojlarda muammolar ham vujudga keldi [1,6].
    Ulardan eng asosiysi chastotalar resursining cheklanganligi 
    bo‘ldi, ma’lum chastotalar diapazonida qayd etiladigan chastotalar 
    soni cheksiz ortishi mumkin emas, shuning uchun ishchi kanallar 
    chastotalari bo‘yicha yaqin bo‘lgan radiotelefonlar o‘zaro halaqitlarni 
    hosil qila boshlaydi.
    Turli davlatlardan olimlar va muhandislar bu muammoni 
    yechishga urinishdi. 40-nchi yillarning o‘rtalarida AT&T Amerika 
    kompaniyasining Bell Laboratories tadqiqotlar markazi butun xizmat 
    ko‘rsatiladigan territoriyani uncha katta bo‘lmagan oraliqlarga bo‘lib 
    chiqish g‘oyasini taklif etdi, bu oraliqlar 
    sotalar
    (ingl. 
    Cell
    – 
    yacheyka, sota) deyila boshlandi. Har bir sota cheklangan ishlash 
    radiusli va qayd etilgan chastotali uzatkichlar orqali xizmat ko‘rsatishi 
    kerak bo‘ldi. Bu hech qanday o‘zaro halaqitlarsiz o‘sha bir chastotani 


    73 
    boshqa yacheykada takroran ishlatilishiga imkon berdi. Lekin bunday 
    aloqani tashkil etilishi tamoyili apparatli ishlatilishiga 30 yildan ortiq 
    vaqt sarflandi. Binobarin, bu yillarda sotali aloqa tamoyilini ishlab 
    chiqish turli davlatlarda o‘sha bir yo‘nalish bo‘yicha olib borildi.
    Mobil telefoniya va PMR (private dispatched mobile radio-
    personal mobil radioaloqa) xavfsizligini yaratish bo‘yicha urinishlar 
    Aloqa Federal Qo‘mitasiga (FCC) yuklangan, u qator radiouzatish 
    xizmatlarini eng ijtimoiy ma’sul sifatida ko‘rib chiqdi. Siyosiy ta’sir 
    1968 yilda qo‘mita mobil telefoniya ehtiyojlari uchun 70-83 yuqori 
    chastotali telekanallarni (800 MGs chastotalar polosalari kengligi) 
    ishlatilishi imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga rozi bo‘lganida mobil 
    telefoniya va PMRning ommaviyligini ortishiga ko‘maklashdi. Bu 
    vaqtga kelib AQShda 70 000 dan ortiq 
    mobil telefonlar 
    foydalanuvchilari bo‘lgan. 
    1971 yilda AT&T Bell Laboratories, Murray Hill, N.J. mobil 
    telefon tizimining afzal arxitekturasi sifatida sotali tizim 
    konsepsiyasini (AMPS) taklif etdi. G‘oya qiziqtiradigan bo‘lgan va 
    asosiy stansiyani tog‘ni tepasiga katta balandlikka, pastroq quvvatli 
    nusxalarini yerga yaqin keng tekisliklarga joylashtirish bo‘lgan. Har 
    bir yacheyka jamlanma radioqurilmalar nusxalari bo‘lgan, ularning 
    aloqa liniyalari kanallari yuklamasi mo‘ljallangan boshqarish 
    kanallari bo‘yicha kontrollerning komandalari jamlanmasidan o‘tgan. 
    Sotali konsepsiya oddiy chastota-jamlash qurilmasiga fazoviy 
    o‘lchashni qo‘shgan. Tekis past quvvatli yacheykalar qayta ulovchi 
    markaz va boshqarish funksiyasi orqali bog‘langan. 
    Har 
    bir 
    yacheykanining 
    ishlash 
    sohasini 
    kamaytirish 
    chastotalarni takrorlanishini talab qilgan. O‘sha bir radiokanallar 
    to‘plamini ishlatadigan yacheykalar, agar ular bir-birlaridan yetarlicha 
    yaqin masofalarda bo‘lsa, o‘zaro aralashuvni oldini ola olgan. 
    Yacheykalarning aralashuvi ular orasidagi masofaga emas, balki bu 
    masofaning 
    yacheykaning 
    radiusiga 
    nisbati 
    koeffitsientiga 
    proporsional bo‘ladi. Yacheyka radiusi uzatkichning quvvatiga 
    proporsionl bo‘lganidan keyin tizim ishlab chiquvchilari mijozlar 
    uchun zarur bo‘ladigan radiokanallar sonini aniqlashda katta erkin 
    ishlashga ega bo‘ldi. Ko‘p sonli radiokanallar tizimga oddiy 
    yacheykaning 
    uzatish 
    quvvatini 
    kamaytirish, 
    yacheykaning 
    o‘lchamlarini kamaytirish va bo‘sh sohalarni yangi yacheykalar bilan 
    to‘ldirish orqali qo‘shilishi mumkin bo‘ldi. 


    74 
    70- yillarning oxirida 5ta Shimoliy Yevropa davlatlari - 
    Shvetsiya, Finlyandiya, Islandiya, Daniya va Norvegiya uchun yagona 
    sotali aloqa standartini yaratish bo‘yicha ishlar boshlandi. U NMT-
    450 (Nordic Mobile Telephone) nomini oldi va 450 MGs diapazonda 
    ishlash uchun mo‘ljallandi. Bu standartning birinchi sotali aloqa 
    tizimlarini ishlatish 1981 yilda boshlandi. Lekin bundan bir oy oldin 
    NMT-450 standartining sotali aloqa tizimi Saudiya Arabistonida 
    ishlatila boshlandi. 
    NMT-450 standarti va uning modifikatsiyalangan versiyalari 
    asosidagi tarmoqlar Avstriya, Gollandiya, Belgiya, Shveysariya, 
    shuningdek Janubiy-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarida keng 
    ishlatila boshlandi. 1985 yilda bu standart asosida 900 MGs 
    diapzondagi NMT-900 standarti ishlab chiqildi, u tizimning 
    funksional imkoniyatlarini kengaytirishga va tizimning abonentlar 
    sig‘imini oshirishga imkon berdi. 
    1983 yilda AQShda, Chikago tumanida qator muvaffaqiyatli 
    dala sinovlaridan keyin AMPS (Advanced Mobile Phone Service) 
    standarti tarmog‘i tijorat ishlatilishiga kiritildi bu standart Bell 
    Laboratories tadqiqotlar markazida yaratildi. 
    1985 yilda Buyuk Britaniyada milliy standart sifatida AMPS 
    Amerika standarti asosida ishlab chiqilgan TACS (Total Access 
    Communications System) standarti qabul qilindi. 1987 yilda 
    Londondagi sotali aloqa abonentlari sonining keskin ortishi bilan 
    ishchi chastotalar polosasi kengaytirilgan. Bu sotali aloqa 
    standartining yangi versiyasi ETACS (Enhanced TACS)
     
    nomini oldi. 
    Boshqa davlatlardan farqli ravishda Fransiyada 1985 yilda 
    Radiocom-2000 standarti qabul qilindi. 1986 yilda Skandinaviya 
    davlatlarida NMT-900 standarti qo‘llana boshlandi. 
    Barcha yuqorida sanab o‘tilgan standartlar analog hisoblanadi va 
    sotali aloqaning birinchi avlodiga kiradi. Turli sotali aloqa 
    standartlarining ishlatilishi va ajratilgan chastotalar diapazonlarining 
    o‘ta yuklanishi uning keng qo‘llanilishiga to‘sqinlik qila boshladi. 
    Ayrim hollarda o‘sha bir telefon bo‘yicha hatto ikkita qo‘shni 
    davlatlarda (ayniqsa Yevropada) bo‘lgan abonentlarga so‘zlashish 
    o‘zaro halaqitlar tufayli mumkin bo‘lmay qoldi. Abonentlar sonini 
    oshirish faqat ikkita yo‘llar - chastotalar diapazonini kengaytirish 
    (masalan, Buyuk Britaniyada ETACS bilan amalga oshirilganidek) 
    yoki o‘sha bir chastotlarni ancha tez-tez ishlatilishiga imkon beradigan 
    oqilona chastotaviy rejalashtirishga o‘tish bilan mumkin bo‘ldi.


    75 
    Aloqa 
    va 
    signallarga 
    ishlov 
    berish 
    sohasidagi 
    yangi 
    texnologiyalar va ilmiy kashfiyotlar 80- yillarning oxirlarida sotali 
    aloqa tizimlarini rivojlanishining yangi bosqichiga – signallarga 
    raqamli ishlov berish usullariga asoslangan ikkinchi avlod tizimlarini 
    yaratishga imkon berdi. 
    900 MGs diapazon ajratilgan yagona evropa sotali aloqa raqamli 
    standartini ishlab chiqish maqsadida 1982 yilda 26 ta davlatlar aloqa 
    ma’muriyatlarini birlashtirgan Evropa Pochta va Elektr aloqa 
    Ma’muriyatlari Konferensiyasi 
    (

    Download 3,49 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   117




    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish