UMTS (Universal Mobile Telecommunications System) Mobil Telekommunikatsiyalar Universal Tizimi bo‘lib, u Yevropada
3G texnologiyalarni joriy etish uchun Telekommunikatsiyalar
Standartlari Yevropa Instituti (ETSI) ishlab chiqadigan standartlardan
biri hisoblanadi. Bugungi kunda mobil aloqaning rivojlanishini
aniqlaydigan asosiy omil ovozli telefoniya hisoblanadi. GPRS va
EDGE texnologiyalarning paydo bo‘lishi, keyin esa UMTSga o‘tish
ovozli aloqadan tashqari, ko‘plab qo‘shimcha imkoniyatlarga yo‘l
ochadi. UMTS bu ma’lumotlarni yuqori tezlikli uzatish, Mobil
Internet, Internet, intranet va multimedia asosidagi turli ilovalar
hisoblanadi. UMTS uchun asosiy texnologiya Kod bo‘yicha Ajratishli
Keng plosali Ko‘p stansiyali Ulanish (WCDMA) hisoblanadi. Bu
Telekommunikatsiyalar Standartlari Yevropa Instituti (ETSI) 1998
yilning sentyabrida tanlagan revolyusion radioulanish texnologiyasi
barcha 3G multimediali xizmatlarini ta’minlaydi.
WCDMA/UMTS tizimlari takomillashgan GSM asosiy tarmog‘i
va WCDMA texnologiyasi bo‘yicha radiointerfeysni o‘z ichiga oladi.
Mobil abonent uchun radiokanaldagi uzatish tezligi 2 Mbit/sgacha
etadi. WCDMA 2 GGs chastotalar diapazonida ishlaydigan tizimlarda
foydalanish
uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, bu diapazon bu
texnologiyaning barcha afzalliklarini to‘liq darajadan ishlatilishiga
imkon beradi. Masalan, 5 MGs kenglikdagi WCDMA bitta
tashuvchisi 8 kbit/sdan 2 Mbit/sgacha ma’lumotlarni uzatilishi
tezligini talab qiladigan aralash xizmatlarni taqdim etilishini
ta’minlaydi. WCDMA bilan moslashuvchan mobil terminallar esa
95
ITU tavsiyalariga muvofiq birdaniga bir necha xizmatlar bilan ishlay
oladi.
HSAT
(1G), (2G, 2.5G) va (3G) avlodlari taqdim etadigan xizmatlar imkoniyatlarini taqqoslash 2.2-jadvalda keltirilgan.
2.2- jadval
HSAT