101
2.4- rasm. Signalni ko‘p nurli tarqalishi modeli
Ko‘p nurli interferensiya har qanday signallar turlari uchun
xarakterli bo‘lib, ayniqsa u keng polosali signallarga salbiy ta’sir
qiladi. Ish shundan iboratki, keng polosali
signal ishlatilganida
interferensiya natijasida ma’lum chastotalar sinfaz qo‘shiladi, bu
signalning ortishiga olib keladi, ayrimlari esa,
aksincha, qarama
qarshi-fazada
qo‘shiladi
va
bu
chastotadagi
signallarni
kuchsizlanishiga olib keladi (2.5- rasm).
Signallarni
uzatilishida
vujudga
keladigan
ko‘p nurli
interferensiya haqida gapirilganida ikkita chegaraviy holga ajratiladi.
2.5- rasm. Ko‘p nurli interferensiyaning mavjudligi hisobiga
signalning buzilishi
Birinchi holda turli signallar orasidagi
maksimal kechikish bitta
simvolning davomiyligi vaqtidan ortiq bo‘lmaydi va interferensiya
bitta uzatiladigan simvol chegaralarida vujudga keladi. Ikkinchi holda
turli signallar orasidagi maksimal kechikish bitta simvolning
davomiyligi vaqtidan ortiq bo‘ladi va interferensiya
natijasida turli