|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»Bog'liq Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari uOFDMA texnologiyalari.
OFDM modulyatsiyalashni OFDMA
- Orthogonal Frequency Devision Multiple Access ulanish tamoyili –
kanallar ortogonal chastota bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama
ulanish aniqlaydi. Uning ma’nosi shundan iboratki, operatorning
ishlashi uchun ajratilgan butun chastota-vaqt maydoni ham chastota
bo‘yicha (15 kGs), ham vaqt bo‘yicha (0,5 ms) uncha katta
bo‘lmagan bloklarga bo‘linadi. Tarmoq bu bloklarni abonentlar
orasida ularning ehtiyojlari va tarmoqning imkoniyatlariga bog‘liq
ravishda taqsimlaydi. Shunday qilib, resurslardan maksimal samarali
foydalanish ta’minlanadi (2.14- rasm) [14].
OFDMAda foydalanuvchilar chastotalar nimtashuvchilarini va
vaqt
slotlarini
birgalikda
ishlatadi.
Bunday
yondashish
multifoydalanishlik
ajratilishini
oshiradi,
kanallarni
foydalanuvchilarga biriktirilishini rejalashtirishda erkinlikni va bir
necha boshqa, lekin ishlatilishidagi muhim afzalliklarini oshiradi.
OFDMAning ishlatilishi har ikkala yo‘nalisharda sarlavhani uzatish
kabi ayrim qo‘shimcha sarflarni talab qiladi, chunki qabullagich ham
Birinchi simvol
Ikkinchi simvol
Ichki simvolli hudud
Маksimal
kechikish
Agar GI bo’lmasa, simvollararo
interferensiya vujudga keladigan
hudud
108
foydalanuvchiga qaysi chastotalar nimtashuvchilari biriktirilganligini
bilishi kerak.
2.14- rasm. OFDMA – modulyator
OFDMAning afzalliklari.
OFDMAda foydalanuvchilarga turli
vaqt slotlaridagi chastotalar nimtashuvchilari tayinlanadi (TDMA),
ya’ni u ma’nosi bo‘yicha FDMA
va
TDMAlarning aralashmasi
hisoblanadi. OFDMA afzalliklari ko‘p nurlilikni barqaror so‘ndirish
va chastota bo‘yicha ajratish tufayli hatto yagona foydalanuvchi
OFDM afzalliklaridan boshlanadi. Modomiki, ko‘p stansiyali ulanish
raqamli ko‘rinishda bajarilgan ekan (Fure tez o‘zgartirishigacha –
IFFT), chastotalar polosasi kengligini dinamik va samarali taqsimlash
mumkin. Bu foydalanuvchilarga yaxshi xizmat ko‘rsatish uchun vaqt
va chastota slotlarini tanlash algoritmlarini birlashtirishga imkon
beradi.
OFDMAning OFDMga nisbatan yana bir sezilarli avzalligi
uning uzatish quvvatini kamaytirishning potensial imkoniyatlari,
shuningdek
matematik
kutishga
(PAPR
– Peak-to-Average
Power Ratio) maksimum quvvatga nisban talablarni kamaytirilishi
imkoniyati hisoblanadi. PAPR muammosi, ayniqsa, “yuqoriga”
yo‘nalishda uzatishda o‘tkir turibdi, bu yerda quvvat samaradorligi va
quvvat amper soatlari narxi katta qiziqtirishga ega.
To‘liq chastotalar polosasi kengligini bitta yacheykada ko‘plab
mobil stansiyalari (MS) orasida taqsimlashda har bir MS faqat uncha
katta bo‘lmagan nimtashuvchi chastotalar nimto‘plamini ishlatadi.
Shuning uchun har bir MS pastroq PAPR nisbatli va agar bu to‘liq
chastotalar polosalari kengligida uzatilganidagiga qaraganda pastroq
to‘liq quvvatda uzatiladi. Pastroq ma’lumotlarni uzatish tezligi va
keskin ortadigan ma’lumotlar OFDM, TDMA yoki CDMAdagiga
qaraganda OFDMAda ancha samarali qayta ishlanadi. Maksimal
109
yuqori quvvatda butun polosalar kengligi bo‘yicha OFDMA o‘sha bir
bir quvvatni ishlatish bilan o‘sha tezlikda uzoq vaqt uzatishga imkon
beradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|