• 3-Bob. RADIORELELI VA SUN’IY YO‘LDOSHLI ALOQA. SUN’IY YO‘LDOSHLI NAVIGATSIYA 3.1. Radioreleli aloqa. Raqamli RRLlarning tasniflanishi va
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/117
    Sana11.08.2024
    Hajmi3,49 Mb.
    #269375
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   117
    Bog'liq
    Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

    Nazorat savollari 
    1. Mobil radioaloqa tizimlari qanday tasniflanadi? 
    2. 1G, 2G, 3G, 4G shaxsiy aloqa tizimlari konsepsiyasining asosiy 
    qoidalari nimalardan iborat?
    3. Makrosotali va mikrosotali topologiyali tarmoqlarli tizimlari 
    satndartlarining asosiy xarakteristikalarini keltiring? 
    4. GSM standartining asosiy xarakteristiklari va texnik parametrlarini 
    keltiring. 
    5. CDMAning asosiy prinsipi nimadan iborat? 
    7. CDMA-2000 standartlari turlarini keltiring.
    8
    .
    CDMA 450 standartining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan 
    tashkil topgan? 
    9. WCDMA texnologiyasining asosiy xarakteristiklarini keltiring.
    10. UMTS texnologiyasining asosiy xarakteristiklarini keltiring. 
    11. OFDMAning avzalliklari nimalardan iborat? 
    12. LTE tarmoqlarini qurish va ishlash prinsiplari. 
    13. Mobil aloqada qanday istiqbolli texnologilar kutilmoqda? 
    14. 5GIC loyihasini tushuntiring? 
    15. ISRA loyihasini tushuntiring? 


    127 
    3-Bob. RADIORELELI VA SUN’IY YO‘LDOSHLI ALOQA.
    SUN’IY YO‘LDOSHLI NAVIGATSIYA 
     
    3.1. Radioreleli aloqa. Raqamli RRLlarning tasniflanishi va 
    qo‘llanilishi sohalari 
    Raqamli radioreleli stansiyalar (RRS) asosidagi RRLlar raqamli 
    elektr aloqa tarmoqlari bo‘lgan idoraviy, korporativ, regional, milliy 
    va hatto xalqaro aloqa tarmoqlarining muhim tarkibiy qismi 
    hisoblanadi [3].
    RRL quyidagi o‘zaro bog‘liq belgilari bo‘yicha tasniflanadi:

    tezlik bo‘yicha 
    -
    yuqori tezlikli (140 Mbit/sgacha); 
    -
    o‘rta tezlikli (52 Mbit/sgacha); 
    -
    past tezlikli (10 Mbit/sgacha); 

    radioreleli liniyaning sig‘imi (ulardagi ustunlar va kanallar soni) 
    bo‘yicha:
    -
    katta sig‘imli; 
    -
    o‘rtacha sig‘imli; 
    -
    kam kanalli. 

    radioreleli liniya o‘tish oraliqlari bo‘yicha: 
    -
    bitta o‘tish oralig‘ili; 
    -
    ko‘p o‘tish oralig‘ili. 
    Yuqori 
    tezlikli 
    katta 
    sig‘imdagi 
    radioreleli 
    liniyalar 
    ma’lumotlarni uzatish global tarmoqlarida qo‘llaniladi va magistral 
    tarmoqlar deyiladi. O‘rtacha tezlikli o‘rtacha sig‘imdagi radioreleli 
    liniyalar hududiy, zonaviy ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini yaratish 
    uchun ishlatiladi. Kam kanalli radioreleli liniyalar temir yo‘l 
    transportida, gaz o‘tkazmalarida, neft o‘tkazmalarida, elektr uzatish 
    liniyalarida va boshqalarda aloqani tashkil etish uchun keng 
    ishlatiladi. Harakatdagi radioreleli stansiyalar bilan kam kanalli 
    radioreleli liniyalar harbiy maqsadlarda ham ishlatiladi. 
    RRL radiochastotalar polosalari 2 dan 50 Ggsgacha diapazonda 
    joylashgan va ham ITU (Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi) tavsiyalari 
    orqali, ham O‘zbekiston Respublikasi Radioreglamenti orqali qatiy 
    belgilanadi. 
    Raqamli radioreleli liniya orqali aloqani tashkil etishda qabul 
    qilish va uzatish chastotalarini ajratilishi muammosi hal etilgan 
    bo‘lishi kerak. Uning hal etilishi O‘zR RChDKning vakolatiga kiradi 


    128 
    va 
    barcha 
    maqsadlardagi 
    REVlar 
    uchun 
    bu 
    protsedura
    «Radiochastotalar polosalarini ajratish tartibi haqidagi qoidalar» va 
    tushadigan radiochastotaga arizalarni o‘rnatilgan tartibda ko‘rib 
    chiqish natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
    Qator hollarda, masalan, katta shaharlar sharoitlarida ayrim 
    yo‘nalishlarda bo‘sh radiochastotalarni olish qiyin, bu boshqa 
    radiotexnik tizimlari (RTT) bilan elektromagnit moslashuvchanlik 
    muammosiga bog‘liq bo‘ladi. 

    Download 3,49 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   117




    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish