132
3.4- rasm. Uzel stansiyaning tuzilish sxemasi
10 GGsdan yuqori chastotalar diapazonlarida qo‘llaniladigan
uncha katta bo‘lmagan o‘lchamli va og‘irlikli ixcham apparatura
baland binolarda, tutun quvurlarida yoki baland joylarda o‘rnatish
mumkin bo‘lgan uchburchakli kesimli fermalar yoki quvursimon
konstruksiyalar ko‘rinishida bajarilgan engillashtirilgan antennalar
machtalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yadi.
Qabul qilish-uzatish bloklari koaksial kabellar orqali binoda
joylashgan modemlar qurilmalari bilan ulanadi. Zamonaviy modemlar
qurilmalari bu markaziy yoki mahaliy kompyuter boshqaruvi ostida
ishlaydigan oson tranformatsiyalanadigan kompleks hisoblanadi.
Modemlar qurilmalari 1 dan 34 Mbit/sgacha tezliklardagi
raqamli oqimlarni shakllantirish va qayta ishlash, oqimlarni
multiplekslashni amalga oshirish va istalgan konfiguratsiyadagi aloqa
tarmoqlarini shakllantirish rejimlarida ishlashni ta’minlashi mumkin.