|
Sun’iy yo‘ldoshli aloqani tashkil etish va YSY orbitalariBog'liq Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u3.2. Sun’iy yo‘ldoshli aloqani tashkil etish va YSY orbitalari
Aloqa qo‘llanilishidagi yerning sun’iy yo‘ldoshlari (YSY) turli
xabarlarni uzatish, TV, telefon, telegraf va boshqa aloqa kanallarini
tashkil etish uchun keng qo‘llaniladi [16].
Sun’iy yo‘ldoshli aloqani yaratishning asosiy tamoyili YSYga
retranslyatorlarni joylashtirilishidan iborat. Demak, sun’iy yo‘ldoshli
aloqa YSYga joylashtirilgan bitta oraliq stansiyali RRLdan iborat
bo‘ladi (3.5- rasm). Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlarini qurishda
RRLda ishlatiladigan g‘oyalar va tamoyillardan foydalaniladi.
133
Retranslyatsiyalash usuli bo‘yicha yo‘ldoshli tizimlar aktiv va
passiv retranslyatsiyalashli tizimlarga bo‘linadi. Bort apparaturasisiz
ishlaydigan tizim passiv yo‘ldoshli yoki passiv retranslyatsiyalashli
aloqa tizimi deyiladi. Bu holda Yerdan yuborilgan signallar YSY
sirtidan dastlabki kuchaytirishsiz orqaga qaytadi. Passiv yo‘ldoshlar
sifatida ham turli shakllardagi maxsus qaytargichlar (sferik ballonlar,
hajmli ko‘p qirralilar va h.k.), ham Yerning tabiiy yo‘ldoshi Oy
ishlatilishi
mumkin.
Yer
usti
antennalarining
yetarlicha
kuchaytirishida va yer stansiyasi (YS) qabullagichi yuqori sezgirligida
bu radioaloqa usuli kichik o‘tkazish qobiliyatili tizimlarda
qo‘llanilishi mumkin. Bunday aloqa tizimlarining o‘tkazish qobiliyati
zamonaviy texnika darajasida ikki-uchta telefon xabarlaridan
oshmaydi.
Bort apparaturalari bo‘lganida radioaloqa tizimi signal aktiv
Retranslyatsiya qilinadigan tizim yoki aktiv sun’iy yo‘ldoshli tizim
deyiladi. Bunda bort retranslyatorining energiya ta’minoti YSYda
joylashgan
quyosh
batareyalaridan
amalga
oshiriladi.
Aktiv
Retranslyatsiya qilish zamonaviy uzatish tizimlarining asosi
hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda sun’iy yo‘ldoshli TV va radioeshittirish deganda
TV va radiodasturlarni shakllantirish markazlari bilan bog‘langan bir
yoki bir nechta yer usti uzatkichlaridan ham TV signallarni (ovoz
bilan birga), ham radiouzatish ovoz signallarini YSY orqali bu
dasturlarni
yer
usti
aloqa
vositalari
(turli
quvvatlardagi
retranslyatorlar, SKTV, jamoavaiy va individual qabul qilish
vositalari)
yordamida
abonentlarga
(teltomoshabinlar
yoki
radiotinglovchilarga) yetkazilishi uchun bu dasturlarni yer usti qabul
qilish va taqsimlash qurilmalari tarmog‘iga uzatilishi tushuniladi.
Aloqa YSYlariga xizmat ko‘rsatish zonasida har xil turlardagi qabul
qilish ESlari joylashtiriladi. YS va YSY orasidagi juda katta masofalar
tufayli sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlarida qabul qilinadigan TV va
ovoz signallarining yuqori sifatini ta’minlash uchun quyidagi choralar
ko‘riladi:
- ES uzatkichining quvvati 5…10 kVtga oshiriladi;
- ES qabul qilish-uzatish antennalari murakkablashtiriladi;
- kam shovqinli kuchaytirgichlar ishlatiladi;
- chastota deviatsiyasini oshirilishi hisobiga ChMli qabul qilish
samaradorligi oshiriladi.
|
| |