137
O‘rtacha balandlikli sun’iy yo‘ldoshlar orqali aloqada signalning
yig‘indi kechikishi 130 msdan ortiq bo‘lmagan vaqtni tashkil etadi, bu
ularni radiotelefon aloqasi uchun ishlatishga imkon beradi.
Shunday
qilib,
o‘rtacha balandlikli sun’iy yo‘ldoshlar
geostatsionar sun’iy yo‘ldoshlardan energetik ko‘rsatkichlar bo‘yicha
yutadi, lekin ularga KAni yer stansiyalarining radio ko‘rinish zonasida
bo‘lishi davomiyligi (1,5—2 soat) bo‘yicha yutqazadi.
3.6-rasm. Van-Allen zonalaridagi radiatsiya darajalari: GN –
geografik shimol; MN – magnit shimol; R/Rz – nisbiy masofa, bu
yerda R
yer
= 6371 km (Yer radiusi), R – balandlik