140
usti segmenti o‘z ichiga dunyoning 170 ta davlatlarida joylashgan 800
ta yirik stansiyalarni oladi.
Xalqaro Intersputnik tashkiloti hozirgi vaqtda 8 ta KAlardagi 30
ta retranslyatorlarni ijaraga olish bilan Rossiya kosmik segmentini (u
"Gorizont" va "Ekspress" turlardagi KAlardan tashkil topgan)
ishlatadi. 1999 yilda Yevro-Osiyo hududi (75
o
sh.k.), Amerika (83
o
g‘.k.), Yevro-Afrika (3
o
sh.k) va Osiyo-Tinch Okeani (130
o
sh.k.)
hududlariga xizmat ko‘rsatish uchun yangi avlod KA ishga tushirilgan
(qavslarda KAning holati nuqtalari keltirilgan)
Intelsat va Intersputnik tizimlariga jiddiy raqobatni PanAmSat
va Orion xalqaro tijorat sun’iy yo‘ldoshli tizimlari hosil qiladi, ular
Yer sharining asosiy hududlarini uzluksiz qoplashni ta’minlaydi. Eng
yirik hududiy tizimlarga Eutelsat (Evropa va SHimoliy Afrika),
Apstar, Asiasat, Optus, Palapa (Osiy-Tinch okeani hududi) va Arabsat
(Arab davlatlari) kiradi.