143
signallarni qabul qilishni amalga oshiradi. YSYdan beriladigan sun’iy
yo‘ldosh tomonidan nurlantiriladigan signal haqidagi,
shuningdek
YSYning
harakatlanishi
orbital
parametrlari
haqidagi
kodli
ma’lumotlar bo‘yicha KSAS
EHMda qo‘yilgan algoritmlar bo‘yicha
harakatdagi ob’ektning geografik koordinatalari, harakatlanish tezligi
va yo‘nalishi aniqlanadi.
3.8- rasm. Joyni radioaniqlash tizimini qurilish sxemasi
Harakatdagi ob’ektning koordinatalari
va tezligi haqidagi
ma’lumotlar iste’molchiga vizual shaklda tabloda berilishi va o‘lchash
vaqti qayd etiladigan xotirada saqlanishi mumkin.
NAVSTAR (NAV igation System using Timing And Ranging)
yoki GPS (Global Positioning System) global sun’iy yo‘ldoshli
radionavigatsion tizim kosmosda, havoda, yerda va suvda
harakatlanayotgan obyektlarning yuqori
aniqli navigatsion-vaqt
ta’minoti uchun yaratilgan.
Uning tarkibiga navigatsion sun’iy yo‘ldoshlar, yer usti
boshqarish
kompleksi
va
iste’molchilar
(foydalanuvchilar)
apparaturalari kiradi. Tizimda qo‘llaniladigan tamoyil shundan
iboratki, iste’molchilarda o‘rnatilgan maxsus qabullagichlar bir necha
sun’iy yo‘ldoshlargacha masofani o‘lchaydi
va bir xil olisdagi sirtlar