Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/117
Sana11.08.2024
Hajmi3,49 Mb.
#269375
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   117
Bog'liq
Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

 
4.2. WiMAX (IEEE 802.16) standarti
IEEE 802.16 standarti arxitekturasi.
96 ta kompaniyalar 
tomonidan tashkil etilgan xalqaro sohaviy WiMAX (Worldwide 
Interoperability for Microwave Access) Konsorsiumi keng polosali 
simsiz ulanish (KPSU) uchun qo‘llaniladigan barcha qurilmalarni 
moslashuvchanligiga erishishga ko‘pmaklashishni maqsad qilib 
qo‘ygan. Konsorsium tomonidan ishlab chiqilgan birinchi IEEE 
802.16 standarti keng polosali simsiz ulanish (Broadband Wireless 
Access) hududiy taqsimlangan tarmoqlarni shahar ko‘lamlarida 
(Wireless MAN) yaratish uchun mo‘ljallangan. Standartda KPSU 
tizimi uchun 2-11 GGs va 10-66 GGs chastotalar diapazonlarida 
ishlaydigan va o‘nlab kilometrlardagi masofalarda aloqani amalga 
oshiradigan “nuqta-ko‘p nuqta” interfeysi tavsiflanadi [2,19,20]. 
WiMAX deganda bugungi kunda aholiga multiservisli KPSU 
yuqori sifatli xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha muqobilga deyarli ega 
bo‘lmagan operatorlik sinfidagi texnologiya tushuniladi. 
Aynan multiservislik va natijada keng polosalik simsiz ulanishni 
rivojlanishining zamonaviy an’analarini xarakterlaydi. Ideal holda 
zamonaviy foydalanuvchi hozirgi kunda kabelli bog‘lanish orqali 
mumkin bo‘lgan SDH yoki Ethernet kabi istalgan xizmatlar turlariga 
cheklashlarni boshidan kechirmasligi kerak. WiMAX sertifikatsiyali 
eng yangi tizimlar keng polosali ulanish tarmoqlari operatorlariga 


153 
nafaqat foydalanuvchilarga xilma-xil ham IP, ham E1 xizmatlar 
turlarini taqdim etish, balki umuman ADSL-ulanish infratuzilmasini 
va ajratilgan liniyalarni almashtirish ko‘zda tutiladi.
Dastlab yangi IEEE bo‘linmasining urinishlari 28 va 30 GGs 
chastotalar diapazonlariga yo‘naltirildi, lekin keyin uning tarkibida
2,5 GGs diapazon bilan shug‘ullanadigan yangi nimguruh 
shakllantirildi. Spektrning bu “past chastotali” qismi sun’iy yo‘ldoshli 
televidenie bilan muvaffaqiyatsiz raqobatlashaayotgan simsiz kabelli 
video xizmatlariga ajratilgan. U Internetga ulanish ilovalari uchun 
ham, yana raqamli video uchun ham juda yaraydi. Binobarin, MMDS 
tarmog‘ining ishlash zonasi radiusi taxminan 50 kmga teng, uncha 
katta bo‘lmagan antennalar sonini o‘rnatish bilan yirik shaharning 
hududini qamrab olish mumkin. 
802.16 asosida keskin rivojlanayotgan faoliyat yo‘nalishlaridan 
biri spektrning litsenziyalanmaydigan sohalariga ulanish uchun 
foydalanish maqsadiga yo‘naltirilgan. Bu holda gap 5 va 6 Gs 
sohasidagi chastotalar haqida bormoqda va bu yerda 802.16 guruhi 
IEEEning boshqa 802.11 bo‘linmalari bilan aktiv hamkorlik 
qilmoqda. 
802.16 ishchi guruhining vazifasi simsiz (so‘nggi milyani) 
tashkil etish uchun zarur bo‘ladigan radiointerfeyslar va qo‘shimcha 
funksiyalarni standartlashtirish hisoblanadi. Unda shakllantirilgan 
uchta nimguruhlar quyidagi standartlarni ishlab chiqishmoqda: 
- IEEE 802.16.1, u 10 dan 66 Gsgacha chastotalarda ishlaydigan 
tizimlar uchun radiointerfeysni aniqlaydi; 
- IEEE 802.16.2, u keng polosali simsiz ulanish turli 
tizimlarining moslashuvchanlik masalalarini belgilaydi; 
- IEEE 802.16.3, u 1 11 dan Gsgacha litsenziyalanadigan 
diapazonlarda ishlaydigan tizimlar uchun radiointerfeysni aniqlaydi. 
Hozirgi vaqtga kelib eng katta rivojlanish birinchi nimguruh 
faoliyatida kuzatilmoqda, u opreatorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda, 
chunki uning natijalari xozircha band bo‘lmagan chastotalar 
diapazonlariga kiradi. 
Barcha uchta spetsifikatsiyalar abstrakt tizim etalon modeliga 
tayanadi. Bo‘lajak 802.16 standartlarga mos servis tarmoq (lokal 
muassasaviy telefon tarmog‘i yoki IP-telefoniya tarmog‘i), va UFTT 
yoki Internet tarmog‘i – magistral tarmog‘i bittalik qurilmasi bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan abonentlar qurilmalari orasidagi aloqani ta’minlaydi. 


154 
802.16 arxitekturasi to‘rtta darajalar protokollarini aniqlaydi. 
Ikkita pastki daraja OSI etalon modelining bitta fizik darajasiga mos 
keladi. Aynan bu yerda signallarni kodlash va dekodlash, paketlar 
sarlavhalarini 
generatsiyalash 
va 
o‘chirish (sinxronlashtirish 
maqsadlari uchun), alohida bitlarni uzatish va qabul qilish kabi 
operatsiyalar bajariladi. 
802.16 standartida fizik daraja tavsifiga uzatish muhiti 
parametrlariga va ishlatiladigan chastotalar diapazoniga spetsifikatsiya 
ham kiradi. 
Fizik daraja ostida obunachilarga xizmatlarni taqdim etilishiga 
javob beradigan protokollar joylashgan. Bu yerga ma’lumotlar 
paketlarini (kadrlarini) uzatish va ajratiladigan uzatish muhitiga 
ulanishni nazorat qilish (Media Access Control, MAC) kiradi. 
802.16 MAC protokoli abonent yoki bazaviy stansiya tomonidan 
radiokanal bo‘yicha uzatishni initsializatsiyalash protsedurasini 
aniqlaydi. Binobarin, ayrim yuqorida turadigan darajalar (ATM kabi) 
ma’lum servis sifatini (QoS) ta’minlanishini talab qiladi, MAS 
protokoli orqali anaiq bir xizmatlarga radiokanalning yig‘indi 
sig‘imidan ma’lum qism ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. 
Chiquvchi yo‘nalishda (bazaviy stansiyadan abonentga) trafikni 
tashishda faqat bitta uzatish stansiyasi mavjud bo‘ladi va MAC 
protokoli darajasida QoSni ta’minlanishini amalga oshirish oddiy 
bo‘ladi. Kiruvchi yo‘nalishda trafikni tashishda bir necha abonentlar 
qurilmalari orasida uzatish muhitiga ulanishga raqobat vujudga keladi, 
bu MAC protokolini sezilarli murakkablashtiradi. 
MASdarajasining ustida konvergensiyalash darajasi joylashgan 
bo‘lib, uning funksiyasi taqdim etiladigan servisning xarakteriga 
bog‘liq bo‘ladi. Unga, xususan, yuqoriroq darjalar kadrlarini yoki 
ma’lumotlarini 802.16 MAC/PHY kadrlariga inkapsulyasiyalash, 
manzillar va QoSni aniqlaydigan parametrlarni 802.16 formatiga 
o‘zgartirish, yuqorida turadigan darajalar trafigining vaqt 
xarakteristiklarini MAS-daraja ekvivalent servislariga moslashtirish 
yuklanishi mumkin. 
Alohida hollarda, masalan, raqamli audio- yoki videotrafik bilan 
ishlashda konvergensiyalash darajasisiz mos oqimlarni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri transport darajasiga qayta ishlashga uzatish bilan chetlab o‘tish 
mumkin. Lekin PDU tuzilmani ishlatadigan yuqori darajalar 
xizmatlari konvergensiyalash darajasi protokollarining bo‘lishini talab 
qiladi. 


155 
802.16 spetsifikatsiyalari aniq bir qurilmalariga qo‘yadigan 
talablar keng polosali servislar qo‘llaydigan atamalarda tariflanadi. 
802.16 interfeysi ATM yoki IP tarmoqlarida ko‘zda tutilgan uzatish 
tezliklari va QoS darajalarini ta’minlashi yoki ovoz yoki videoni 
uzatish uchun zarur bo‘ladigan o‘tkazish qobiliyati va kechikish 
qiymatini ta’minlashi kerak. 
Keng 
polosali 
xizmatlarga 
maxsus 
talablar 
802.16.1 
spetsifikatsiyalarda ifodalangan. Bu yerda uchta turdagi kanallarni, 
o‘zgaruvchan uzunlikdagi paketlarni va qayd etilgan uzunlikdagi 
paketlar/yacheykalarni kommutatsiyalashga asoslangan xizmatlar 
turlari ko‘zda tutilgan. Birinchi turdagi xizmatlarning o‘ziga xosligi 
nomidan ma’lum. O‘zgaruvchan uzunlikdagi paketlarli xizmatlar IP, 
frame relay va MPEG-4 trafik bilan ishlashga mo‘ljallangan. Uchinchi 
xizmatlar turi ATM tarmoqlari bilan moslashuvchanligi ko‘zda 
tutilgan. Keng polosali xizmatlarni tavsiflashda asosiy parametrlar 
qo‘llanadigan ma’lumotlarni uzatish tezligi, uzatish xatoliklari 
chastotasi va bir tomonlama uzatishning maksimal kechikishi 
hisoblanadi. 
802.16 radiointerfeysi orqali uzatiladigan ma’lumotlar MAC 
kadrlar ketma-ketligi hisoblanadi. Ularni har biri ma’lum abonentga 
ajratilgan vaqt slotlari to‘plamidan tashkil topgan TDMA (Time 
Division Multiple Access) kadrlari bilan aralashtirish kerak emas. 
TDMA vaqt sloti aniq bitta MAC kadri, bir necha bunday kadrlar yoki 
aksincha kadrning ulushiga ega bo‘lishi kerak. Bir necha ketma-ket 
TDMA kadrlarida joylashgan va bu abonentga tegishli bo‘lgan vaqt 
slotlari mantiqiy kanalni tashkil etadi, bu kanal bo‘yicha MAC-kadrlar 
uzatiladi. 
802.11 MAC protokoli bog‘anishlarni o‘rnatilishi uchun 
mo‘ljallangan. Har bir MAC-kadr bog‘lanish identifikatoriga ega 
bo‘lib, u bo‘yicha MAC protokol ma’lumotlarni manzilga yetkazadi. 
Bundan tashqari, bog‘lanish identifikatori va servis oqimi orasida 
o‘zaro bir xil moslik ko‘zda tutilgan. Servis oqimi QoS (uzatishning 
maksimal kechikishi, kechikishning nostabilligi, minimal o‘tkazish 
qobiliyati) parametrlarini aniqlaydi, ularni almashlash bu bog‘lanishi 
bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Servis oqimi konsepsiyasi MAC protokolining ishlashi nuqtai 
nazaridan asosiy hisoblanadi, chunki aynan servis oqimlari kiruvchi 
va chiquvchi uzatishlar uchun QoSni nazorat qilish mexanizmi 


156 
hisoblanadi, xususan, ular bazaviy stansiya alohida servislarga 
o‘tkazish polosasining ulushlarini ajratishi jarayonida ishlatiladi.

Download 3,49 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   117




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish