Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/117
Sana11.08.2024
Hajmi3,49 Mb.
#269375
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   117
Bog'liq
Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

 
Nazorat savollari 
 
1. WLAN tarmog‘i nimalardan iboratligi tushuntiring. 
2. IEEE 802.11 standartiga umumiy xarakteristikani bering. 
3. Infraqizil dipazonda (IR) qanday uzatish usullari ishlatiladi? 
4. IEEE 802.11b standartining o‘ziga xos xususiyatlari nimada? 
5. IEEE 802.11a standartining chastotalar diapzonini keltiring. 
6. IEEE 802.16 standartining arxitekturasini tushuntiring. 
7. IEEE 802.16 standartining rivojlanishi qanday bo‘lib o‘tgan 
va uning qisqa xarakteristikasini bering. 
 


159 
5-Bob. BOSHQA SIMSIZ ALOQA TURLARI 
 
5.1. Peyjing va tranking aloqa 
 
Personal radiochaqiruv tizimlari. 
Personal radiochaqiruv 
tizimlari (PRCHT) yoki peyjing abonentlarga operativ va uncha 
qimmat bo‘lmagan aloqani taqdim etadi. PRCHTning ishlashi ko‘p 
hollarda ikki tomonlama aloqani tashkil etish zarurati yo‘qligiga, balki 
faqat qisqa ma’lumotni yoki chaqiruvni uzatilishi etarli bo‘lishiga 
asoslangan. Bunday masala abonentda peyjer deyiladigan uncha katta 
bo‘lmagan qabullagich bo‘lganida radiouzatkichlardan foydalanish 
yo‘li bilan hal etiladi [6].
PRChT ikkita xususiy (lokal) va umumiy foydalanishdagi (uzoq 
masofali) toifalarga bo‘linadi. Xususiy (lokal) PRChT cheklangan 
hududda radiochaqiruvni ta’minlaydi, ma’lumotlar foydalanuvchilari 
guruhi uchun bir yoki bir nechta past quvvatli uzatkichlarni ishlatadi. 
Chaqiruv umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i bilan o‘zaro 
ta’sirlashmasdan dispetcherlik pultlari orqali amalga oshiriladi. 
Umumiy 
foydalanishdagi 
peyjing 
tizimlarida 
umumiy 
foydalanishdagi telefon tarmog‘i orqali radiokanalda cheklangan 
hajmli xabar uzatiladi. Zamonaviy peyjing tizimlari umumiy 
foydalanishdagi telefon tarmog‘i bilan avtomatik o‘zaro ta’sirlashishni 
amalga oshiradi, chaqiruvni va xabarlarni uzatishning raqamli usulini, 
oshirilgan uzatish halaqitbardoshligi va o‘tkazish qobiliyatini 
ishlatadi. Oxirgi qurilmalar kichraytiriladi, bu energiya ta’minotini 
kamaytirishga imkon beradi. Bunday tizimlarning farqli o‘ziga xos 
xususiyati davlat ko‘lamlaridagi katta xizmat ko‘rsatish zonasi, 
shuningdek davlatlararo o‘zaro ta’sirlashish imkoniyati, past narx va 
ishlatishning odiyligi hisoblanadi. 
Birinchi peyjing tizimi 1956 yilda London gospitallarining birida 
qurilgan. Birinchi uzoq masofali PRTCh 60- yillarni boshlarida 
AQSh va Kanadada ishlab chiqilgan. Evropada uzoq masofali 
PRTCH Gollandiya, Belgiya va Shveysariyada 1964 – 1965 yillarda 
ishga tushirilgan. PRTCh 80 dan 1000 MGsgacha diapazondagi 
radiochastotalarda ishlaydi. 
PRTCh sotali yoki boshqa harakatdagi aloqa tizimlari bilan 
kombinatsiyalashtirilishi mumkin. Bunday tizimlarda foydalanuvchi
telefon qo‘ng‘iroqlari haqida ogohlantirilishi va qulay vaqtda javob 


160 
berishi mumkin. Peyjer shuningdek olib yuriladigan qabullagichga 
o‘rnatilishi mumkin. 
Hozirgi vaqtda hamma joyda peyjing tizimlari sotali aloqa 
tizimlari (SMS xabarlarini uzatish) orqali surib chiqarilmoqda. 
SHuning uchun bunday tizimlarni qurish tamoyillarini atroflicha 
ko‘rib chiqish ma’noga ega emas.

Download 3,49 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   117




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish