162
alohida antennalarga ega bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda bitta
machtada ko‘p nurli tarqalish keltirib chiqaradigan so‘nishlar bilan
kurashish uchun bir necha qabul qilish antennalari joylashtirilishi
mumkin.
Radiosignallarni birlashtirish qurilmasi o‘sha bir antennalar
qurilmasini bir necha chastotalar kanallarida qabullagichlar va
uzatkichlarning bir vaqtda ishlashi uchun foydalanishga imkon beradi.
Tranking tizimlari retranslyatorlari
faqat dupleks rejimda ishlaydi,
binobarin, qabul qilish va uzatish chastotalarining surilishi
45 MGsdan 3MGsgachani tashkil etadi.
Kommutator ham tarmoq ichida, ham tashqi tarmoqlar bilan
bog‘lanishlarni ta’minlaydi. BSning barcha uzellarini o‘zaro
ta’sirlashishini Boshqarish qurilmasi amalga oshiradi. Bundan
tashqari, u chaqiruvni qayta ishlaydi,
chaqiruvchi abonentlarni
identifikatsiyalashni amalga oshiradi, chaqiruvlar navbatini o‘rnatadi,
vaqtbay to‘lov uchun vaqtni hisobga olishni yuritadi, shuningdek
zarurat
bo‘lganida
telefon
tarmog‘i
bilan
bog‘lanishning
davomiyligini rostlaydi.
Tranking tizimlarda UFTT interfeysi turli usullarda ishlatiladi.
Uncha qimmat bo‘lmagan tizimlarda (masalan, SmarTrunk) ulanish
ikki o‘tkazgichli kommutatsiyalanadigan liniya bo‘yicha amalga
oshiriladi. Zamonaviyroq tranking tizimlari o‘z tarkibida ATS standart
nomerlashtirilishi ishlatiladigan tranking tarmog‘i
abonentlariga
ulanishni ta’minlaydigan DID (Direct Inward Dialing) nomeri to‘g‘ri
teriladigan UFTT apparaturasiga ega. YUqori xizmat ko‘rsatish
sifatini ta’minlaydigan qator tranking tizimlar raqamli IKM – ATS
apparaturasi bilan bog‘lanishni ishlatadi.
UFTT bilan bog‘lanish tranking tizimlar uchun an’anaviy
hisoblanadi, lekin so‘ngi vaqtlarda paketlar kommutatsiyalanadigan
tarmoqlar
interfeysi
bo‘lishi majburiy bo‘lib qolishi bilan
ma’lumotlarni uzatilishini ko‘zda tutadigan ilovalar soni yanada
ortmoqda.
Texnik xizmat ko‘rsatish terminali
(TXKT va E) odatda bazaviy
stansiyaga o‘rnatiladi va tizimning holatini nazorat qilish,
yaroqsizliklarni diagnostika qilish, tarifikatsion ma’lumotlarni hisobga
olish, abonentlar ma’lumotlari bazaga o‘zgartirishlarni kiritish uchun
mo‘ljallangan.
TXKT
va
E
UFTT
yoki
paketlar
kommutatsiyalanadigan tarmoq orqali ulanishi mumkin.
163
Tranking tizimlarda zarurat bo‘lganida
dispetcherlik pultlari
(DP) ham o‘rnatilishi mumkin, ulardan boshqarish idoralari, tez tibbiy
yordam, yong‘in-himoya xizmati va boshqalar foydalanadi. DPni
tizimga ulanish, ham abonentlar radiosignali bo‘yicha, ham ichki
liniyalar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri BS kommutatoriga bo‘lishi
mumkin. Tranking tizim bir necha mustaqil tarmoqlarni tashkil etishi
mumkin, shuning uchun ularda turli tarzda ularga ulangan bir necha
DPlari ishlashi mumkin.
Tranking tizimlarda eng qurilmalar to‘plami abonentlar
qurilmalariga kiradi. Ulardan eng ko‘p sonlilari eng katta darajada
yopiq guruhlarda ishlatishga to‘g‘ri keladigan yarim dupleks
radiostansiyalar hisoblanadi. Bunday radiostansiyalar ko‘pincha
cheklangan funksional imkoniyatlarga ega bo‘ladi
va shuning uchun
raqamli klaviaturaga ega bo‘lmaydi. Ulardan foydalanuvchilarga
guruh ichidagi abonentlar bilan bog‘lanish yoki dispetcherga
chaqiruvni
yuborish
etarli
bo‘ladi. Ayrim yarim dupleks
radiostansiyalar kengroq funksional imkoniyatlarga va raqamli
klaviaturaga ega bo‘ladi, lekin sezilarli darajada qimmat turadi.
Tranking tizimlarda hozirgi vaqtda hatto sotali terminallarga
qaraganda katta funksionallikka ega bo‘lgan
va UFTT bilan
bog‘lanishni ulanishini amalga oshirishga, shuningdek yarim dupleks
rejimda guruhli ishlashni ta’minlashga imkon beradigan dupleks
radiostansiyalar yanada ko‘p ishlatilmoqda.
Abonentlar qurilmalari nafaqat portativ yig‘iladi, balki
avtomobilda ishlatiladigan ko‘rinishda ham chiqariladi va chiqish
quvvati yuqori bo‘ladi.
Abonentlar qurilmalarining yangi sinfi ma’lumotlarni uzatish
terminalari hisoblanadi. Ular mos radiointerfeys protokolini
qo‘llaydigan maxsuslashtirilgan radiomodellarlardan iborat. DPning
ulanishi uchun avtomobil radiostansiyalariga o‘xshash bo‘lgan
standart radiostansiyalar ishlatiladi.
Zamonaviy tranking tizimlari ko‘p zonali tizimlar sifatida ishlab
chiqiladi va taqdim etiladigan xizmatlarning
keng xilma-xilligi bilan
xarakterlanadi, shuning uchun ular quyidagi asosiy talablarni
qoniqtirishi kerak:
1. Berilgan xizmat ko‘rsatish zonasida aloqani ta’minlash;
2.
Harakatdagi
abonentlarning
joylashish
o‘rni haqida
ma’lumotlar
bo‘lmagan
sharoitlarda
aloqani
o‘rnatilishi
ehtimolligining yuqori darajasi;
164
3. Turli guruhlar abonentlarining o‘zaro bog‘lanishi imkoniyati;
4. Aloqaning xavfsizligi;
5. Talab qilinadigan halaqitbardoshlik;
6. Nutq signallarini qabul qilishni tushunarliligining yuqori
sifati;
7. Chastotalar polosalaridan foydalanish samaradorligi;
8. Mobil stansiyaning past energiya iste’moli;
9. Aloqani boshqarishning operativligi, shu jumladan,
turli
darajalarda boshqarishni ta’minlash, aylanma aloqa imkoniyati,
boshqarish markazi orqali aloqani ta’minlash, aloqa kanallarini
ustivorlikli o‘rnatilishi imkoniyati.