|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»Bog'liq Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari uDABni rivojlantirish bosqichlari.
Evropa firmalari 1987 yilda
prinsipial yangi raqamli DAB radioeshittirish tizimini ishlab chiqish
maqsadida Eureka-147 konsorsiumiga asos soldi. Bu loyihaning
qatnashuvchilari Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Gollandiya,
Italiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Norvegiya, Finlyandiya, Yaponiya,
Kanada, AQSh, Rossiya va qator boshqa davlatlardan taxminan 50 ta
firmalar va tashkilotlar hisoblanadi.
1992 yilda butundunyo kelishuviga asosan DAB uchun L- va S-
diapazonlar ajratildi. Asosan o‘lchash maqsadi uchun birinchi
qabullagichlar 1988 yilda yaratildi. 1990 yildan Evrika-147
loyihasining qator a’zolari JESSI loyihasida qatnashdi, uning
doirasida tijorat DAB-qabullagichlari uchun birinchi integral
mikrosxema ishlab chiqildi. Yevropa davlatlarida hozirda bir necha
o‘n minglab qabullagichlar ishlatilmoqda.
Buyuk Britaniya hukumati 1994 yilda yer usti DAB uchun
217,5-230 MGs chastotalar diapazonini ajratish haqida qaror qabul
qildi. Bu diapazonda yettita ko‘p dasturli DAB signallarini ( «DAB-
bloklar» yoki «ansambllar» deyiladigan) joylshtirish mumkin bo‘lib,
ulardan har biri taxminan 1,55 MGsga teng bo‘lgan chastotalar
polosasini egallaydi.
1995 yilda Germaniyada Visbadendagi konferensiyada yer usti
DAB uchun UQT II diapazondagi (87–108 MGs), III (174–240 MGs)
diapazondagi, L-diapazondagi (1452–1467,5 MGs) chastotalardan
foydalanish imkoniyati haqida qaror qabul qilindi.
Bugungi kunda bu standartdagi uzatish bilan davlatning 80
foizdan ortiq hududi qamrab olingan. Analog radieshittirishdan
raqamli radioeshittirishga to‘liq o‘tish 2010 va 2017 yillar orasidagi
davrda yakunlanadi. Uzatish uchun 12 ta TV kanalda (223-230 MGs,
har bir yer uchun bittadan DAB-bloki) va L-diapazonda (1452-1467,5
MGs) ishlaydigan uzatkichlar tarmog‘i ishlatiladi, bunda 100 ta DAB-
bloklar
hududiy
dasturlarga
beriladi.
Bunday
taqsimlash
Germaniyaning istalgan joyida oddiy shtirli antennali DAB
qabullagichi ishlatilganida minimum 12 ta yuqori sifatli ovoz
stereodasturlarini va qator qo‘shimcha ma’lumotlar kanallarini qabul
qilish mumkin bo‘ladi.
Rossiyada Sankt-Peterburg shahrida eksperimental uzatish
uchun Aloqa Vazirligi 92 – 100 MGs diapazondagi chastotalar
polosasini ajratilishi haqida qaror qabul qildi. Tajriba ishlari
muvaffaqiyatli o‘tkazildi, lekin bu RORE tizimini Rossiya
176
Federatsiyasi ko‘lamlarida etish uchun bu urinishlar etarli bo‘lmadi.
Uzatish muammosini hal etish uchun ko‘plab tashkiliy muammolarni,
birinchi navbatda alohida chastotalar diapazonini ajratilishini hal etish
zarur.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|