177
sezilarli kam harajatlarda uzoq masofali uzatish uchun imkoniyatlarni
beradi, uzatishning texnik sifati esa zamonaviy talablarga javob
beradi.
«A tizim» deyiladigan yangi standartning asosiga Thomcast
fransuz firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Skywave-2000 tizimining
to‘ldirilgan prototipi qo‘yilgan. Format 30 MGsdan past barcha
diapazonlarda uni ishlatilishiga imkon beradigan tez moslashuvchan
uzatish parametrlari orqali xarakterlanadi. Bir vaqtda u UQT
diapazoni uchun ham ishlatilishi mumkin. Yangi tizimni joriy etish
uchun mavjud AM-uzatkichlarni modernizatsiyalash mumkin, u o‘tish
davrining qator muammolarini olib tashlaydi. Asosiy afzalliklari
quyidgilar:
- qabul qilish va yangrash sifatini yaxshilanishi;
- barcha diapazonlarda ishlatilishi imkoniyati;
-
ma’lumotlar va audiosignalning birgalikda uzatilishi
imkoniyati;
-
qabul
qilishning
o‘tkazish
qobiliyati/sifati
va
ishonchliligi/barqarorligini optimallashtirish uchun rejimlarni tanlash
mavjud;
- spektrdan foydalanishning juda yuqori samaradorligi: 3dan 4
bit/Gs/sgacha;
Tizim keyingi yaxshilash, yangi kompressiyalash usullari va
kodlash jarayonlari uchun ochiq. 30 MHzdan past chastotalarda
radioeshittirish uchun RCH kanallar uchun hozirgi vaqtda 9 yoki10
kGs polosalar kengligi ishlatilmoqda.
DRM tizim quyidagi hollarda ishlatilishi mumkin:
- haqiqiy rejalashtirishga muvofiq nominal polosalari kengligi
chegaralarida;
- analog AM signal bilan birga uzatish imkoniyati bo‘lishi yoki
agar kelajakda ruxsat etilsa, uzatishning katta o‘tkazish qobiliyatini
ta’minlash uchun 4.5 kGs (9 kGsning yarmi) yoki 5 kGsga (10
kGsning yarmi) karrali polosa kengligili kanallar chegaralarida.