|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»Bog'liq Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari uDAB
standartlari kompleksi
ma’lumotlarni uzatish usullari,
egallanadigan chastotalar sohalari, servis xizmatlari to‘plami va ularni
taqdim etish usullari va boshqalarni aniqlaydi. Tizimli qurilishi va
174
tizimning texnik xarakteristikalari 1995 yilda qabul qilingan va 1997
yilda to‘ldirilgan Yevropa ETS 300401 standartida belgilangan.
DAB-radiodasturlarni translyatsiyalash tamoyili ko‘rib chiqilgan
radioeshittirish tizimlaridan tamoyilial farq qiladi. Endi bitta emas,
balki bir necha turli dasturlar ansambl (ENSEMBLE yoki
MULTIPLEX) deyiladigan yagona blokka birlashtiriladi va bitta
tashuvchi chastotada uzatiladi. Har bir ansambl 6 ta asosiy
dasturlardan,
shuningdek
dasturlarga
bog‘liq
qo‘shimcha
ma’lumotlardan tashkil topishi mumkin.
Raqamli efir ma’lumotlarini uzatish uchun COFDM (Coded
Orthogonal Frequency Division Multiplexing) tizimidan foydalanish
aniqlangan. Bu tizim analog oqimni nafaqat vaqt bo‘yicha, balki
chastota bo‘yicha ham diskretlashtirilishini ko‘zda tutadi. Olingan
elementlar raqamlashtiriladi, ma’lum tarzda aralashtiriladi va keyin
soni uzatiladigan axborot oqimining quvvati orqali aniqlanadigan
tashuvchilar majmuiga modulyatsiyalanadi DAB standartida 192
tadan 1536 tagacha tashuvchilar ishlatilishi mumkin. Tashuvchilar
orasidagi masofa shunday tarzda tanladiki, qo‘shni tashuvchilar
spektrlarining kesishishi demodulyatsiyalashda halaqitlar hosil
qilmasligi, ya’ni ularning ortogonallik sharti bajarilishi kerak.
Chastota bo‘yicha qo‘shimcha diskretlashtirish halaqitlarga
ma’lumotlarning barqarorligini oshiradigan aralashtirish va o‘rama
kodlarning qo‘llanilishiga imkon beradi. COFDM tizimining yana bir
sezilarli afzalligi alohida simvollarni uzatishlar orasida himoya
intervallaridan foydalanish hisoblanadi. Bu interval simvolning
qaytish signalining ko‘zda tutiladigan paydo bo‘lishi vaqtini qoplaydi,
bu radioto‘lqinlarning ko‘p nurli tarqalishi keltirib chiqaradigan
halaqitlarga sezgirlikni kamaytiradi.
Tashuvchilar soni, ular orasidagi masofa, himoya intervalining
uzunligi va FEC (o‘rama kodning qo‘llanilishi hisobiga himoyalash
darajasi) qiymati o‘zgaruvchan qiymatlar hisoblanadi. Bunday uzatish
tizimining ishlatilishi zich shahar qurilishlari joylarida toza qabul
qilish imkoniyatini ta’minlaydi. COFDMni qo‘llanilishining yana bir
muhim afzalligi mobil qabul qilishning yuqori sifati hisoblanadi,
uning
asosiy
muammolaridan
biri
qaytgan
signallarning
konfiguratsiyalarini o‘zgarishi tufayli signal quvvatining doimiy
o‘zgarishlariga
qabullagichni
moslashishining
murakkabligi
hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|